Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Misrdagi jahon chempionatida yosh taekvonchilar to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Misrdagi jahon chempionatida yosh taekvonchilar to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

24-27 avgust kunlari Misrning Sharm ash-SHayx shahrida taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati (3rd World Taekwondo Cadet Championships) bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada sayyoramizning turli mintaqalaridan 426 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon chempionatida to‘rtta bronza medallariga ega chiqishdi.

-29 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Munisa Karimova delegasiyamiz hisobiga dastlabki bronza medalini taqdim etgan bo‘lsa, musobaqaning so‘nggi kunida yana uch nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarilib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda -47 kg vazn toifasida bahs olib borgan Umidaxon Hasanova yarim finalda turkiyalik Isil Zaferga kichik hisobda (8-9) imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Marokash vakillarini mag‘lub etgan hamyurtimiz, -33 kg vaznli Daniil Kim yarim final bosqichida ispaniyalik raqibi Arkonado Ayson to‘sig‘idan o‘tolmadi va u ham bronza bilan kifoyalandi.

Yana bir vakilimiz -37 kg vazn toifasidagi Amirbek To‘rayev yarim finalgacha Marokash, Tunis, Meksika sportchilarini yirik hisobda mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi. Ammo final yo‘llanmasi uchun kurashda tailandlik Tauin Yaengkulchouga bir ochko (14-15) farqi bilan mag‘lub bo‘ldi va terma jamoamiz hisobiga to‘rtinchi bronzani taqdim etdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:22, 28.08.2017.
O'qildi: 2769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик