Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Muhammad Saloh: «Chelsi» haqida gapiradigan gapim yo‘q»

Muhammad Saloh: «Chelsi» haqida gapiradigan gapim yo‘q»

Baho:
+ | -

Misr milliy jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh «Liverpul» safiga qo‘shilgunga qadar ham Angliyada to‘p surgandi.

Biroq «Chelsi» asosiy tarkibidan muqim joy ololmaganidan keyin Italiyaga yo‘l olgandi. Mana, Yurgen Klopp boshqaruvidagi «qizillar» arab futbolchisini 42 mln. evaziga APLga qaytarishdi.

«Liverpul»ning yangi vakili yaqinda Sky Sportsga bergan intervyusida ikkinchi urinishda tumanli o‘lka futbolini zabt etishga shaylanganini yashirmadi.

***

- «Liverpul» ayni ko‘nglimdagi jamoa. Mana, chinakam buyuk klub futbolchisiga aylandim va orzularim nihoyat, ushaldi. Taklif olgach, bu xususda uzoq o‘ylamaganim sababi ham shu.  Balki ishonmassiz, ammo bu haqiqat: butun bolaligim davomida PlayStationda aynan shu jamoani tanlardim. Endi jamoa libosida maydonga tushish imkoniga egaman. Bu har kimga ham nasib etavermaydigan baxt.

***

- Ayniqsa, Stiven Jerrard, Sami Xyuyupya va Jeymi Karrager harakatlarini maroq bilan kuzatardim. Hamon o‘sha tarkib o‘yinlarini yaxshi eslayman. Xullas, jamoa o‘ta yorqin futbol namoyish qilardi. O‘shanda atigi 7 yoshli bolakay edim, shunga qaramay, futboldan chinakamiga lazzatlanganman.

***

- Rim klubidan ketishim sababi bitta - shunchaki, o‘sishda davom etishni istadim. Bilamanki, Liverpulda futbolning bir bo‘lagi hukmron. Muxlislar ham juda ehtirosli. Bu hattoki, o‘rtoqlik o‘yinlarida ham sezilib turadi. Tabiiyki, jamoaga imkon qadar yordam berishni istayman. Umid qilamanki, bu yerda ko‘plab sovrinlar sohibiga aylanaman.

***

- «Chelsi»dagi faoliyatim xususida aniq fikr bildirishim qiyin. Umuman, doimo qalban Angliyaga qaytishni xohladim. Bu yerda hammasi ma’qul va endi muvaffaqiyatga erishsam, bas. «Chelsi»dan nima uchun ketgandim? Sababi oddiy - o‘yin amaliyoti kam edi. Muhimi,  «Fiorentina»da ishlarim yaxshi boshlandi, «Roma»da esa kutilganidan ham yaxshiroq. Xullas, premyer-liga bahslariga tayyorman, menimcha.

***

- Hozir yetarli tajriba egasiman. Mana, o‘yinimni yanada yaxshilash va yangi darajaga ko‘tarilishni uddaladim. Xususan, Italiyadagi faoliyatim davomida taktik tomondan ham kuchaydim.

***

- Yo‘q, meni «Liverpul» sarflagan pul miqdori tashvishga solmaydi. Shunchaki, maydonga tushish va jamoaga yordam berishni istayman. Asosiysi, muxlislarni baxtiyor etsam va jamoada o‘z o‘rnimga ega bo‘lsam, bas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:07, 01.09.2017.
O'qildi: 6308 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик