Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Kamondan o‘q otish» sistemasi ish bermadi… Endi nima qilish kerak?

«Kamondan o‘q otish» sistemasi ish bermadi… Endi nima qilish kerak?

Baho:
+ | -

Rus ertaklarida ko‘pincha «xalq qahramoni» sifatida podshohning kenja farzandi Ivan-jinni ko‘z oldimizda gavdalanadi. Bir ertak bor, siz ham buni eshitgan yoki teleekranlarda tomosha qilgan bo‘lsangiz kerak. Xullas, kunlardan bir kuni podshoh uchta farzandlarini uylantirishga qaror qiladi va ularga o‘ziga xotin topib qo‘yishlari uchun bir g‘ayritabiiy uslubdan foydalanishni taklif qiladi. Taklifga ko‘ra, o‘g‘illar qo‘llariga kamon olib, uning o‘qini iloji boricha uzoqroqqa otishlari kerak bo‘ladi. Kamon o‘qi qaysi xonadonga tushsa, o‘sha xonadon qizi yurtning yangi malikasi nomiga loyiq ko‘rilar ekan. Zo‘r-a? Bir tasavvur qiling, podshohning uchchala kap-katta farzandlari o‘ziga umr yo‘ldosh izlab topish maqsadida katta tavakkalchilikka qo‘l urishyapti. Omadi kelsa, yaxshi xotinga uchraydi, yo‘qsa yo‘q. Tamom.

Bu ertak-ku, axir, ertaklarda nimalar sodir bo‘lmaydi, dersiz. Men bu ertakni sizga nima uchun eslatdim? Chunki ushbu ertakda men terma jamoamizning bugungi… yo‘q-yo‘q, nafaqat bugungi, balki butun 21 asr mobaynidagi holatini ko‘rdim. Qanday qilib, deysizmi? Hozir hammasini bafurja tushuntirib beraman.

Mana, necha yildirki, bizning terma jamoamiz muvaffaqiyatlariga to‘siq bo‘layotgan ikki holat mavjud: birinchisi —  o‘rtoqlik uchrashuvlari, ikkinchisi — bosh murabbiy masalasi. Keling, shu oxirgi sikl haqda so‘z yuritaylik. Samvel Babayan boshchiligida terma jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvlar vaqtida qaysi kuchli, nomdor raqibga qarshi maydonga tushdi? Afrikaning qaysidir jamoasining ikkinchi tarkibi, Iordaniya, Iroq, Qirg‘iziston… Shunday tayyorgarlik olib borayotgan terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita oladimi? Savolni boshqacharoq qo‘yaman: shunday tayyorgarlik olib borayotgan terma jamoa jahon chempionatiga chiqishni istaydimi? Hohish, istak bormi? Maqsad, niyat, niyatga yarasha harakat.. Hammasi shumi?

Ikkinchi muammoga qaytamiz. Bu endi alohida mavzu. Bu borada qalam ahli so‘z yuritib, takliflar bildiraverib, charchab ham qolishdi. So‘z uvol! Qalam uvol! Avval Ineleevga terma jamoani topshirib ko‘rdik. Natija chiqmagach, boshqaruvni Qosimov oldi. Undan ham tayinli sado chiqmagach, Vadim Abramov boshchilik qildi. Keyin yana Qosimov, keyin Samvel Babayan. 2007 yildan to bugungi kunga qadar vaqtimizni shu tariqa zoye ketkazdik. 

Davomi

Manba: fayzbog.uz
Kiritildi: 06:16, 04.09.2017.
O'qildi: 10819 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик