Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 12:45 Adelaida Yun. 0-2 Lion Siti Seylors
29/10 15:00 Tampines Rovers 1-5 Svay Rieng
29/10 15:00 Kangvon 1-0 Kuching Siti
29/10 17:15 Tay Po 0-3 Pathum Yunayted
29/10 17:15 Shanghai Shenhua 0-1 Matida Zelviya
29/10 17:15 Pnompen Kraun 2-0 Kitchi
29/10 22:30 Frozinone 5-1 Lechche
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
30/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
30/10 18:30 So‘g‘diyona - Buxoro
30/10 18:30 Xorazm - Paxtakor
31/10 01:00 Vilyarreal - Espanyol
31/10 17:00 Surxon - Nasaf
31/10 17:00 Mash’al - Dinamo
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Navbahor - Andijon
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga!

Baho:
+2 | -

"Sheryurak" filmini ko‘rmagan inson yo‘q yurtimizda. Ajoyib ishlangan tarixiy film. Filmdagi eng oxirgi epizodni eslaysizmi? "Shunday qilib, ochlikdan sillasi qurigan, ruxan ezilgan shotland askarlarlari oxirgi kuchini to‘plab, o‘zidan har tomonlama kuchli ingliz armiyasiga qarshi ayovsiz jangga kirdi. Va o‘zining asriy orzusi - ozodlikka erishdi", — deb tugallanadi.

MTJmizning ayni damdagi xolatini xuddi shu filmdagi shotland jangchilariga o‘xshatdim. So‘ngi "hayot-mamot jangi" oldidan, mag‘lubiyatlar iskanjasi, omadsizlik, tanqidlar, tushunmovchiliklar ruhiy zo‘riqish... Albatta, bu qadar kuchli bosimni yengish oson ish emas.

MTJning ashaddiy muxlislari nomidan futbolchilariga murojaat qilmoqchiman. Yigitlar, tushunib turibmizki, sizlar JCHga chiqishni hammadan ko‘ra ko‘proq istaysiz. Turli gap-so‘zlarni yoddan chiqaring! Avvalgi o‘yinlar barchasi endi tarix. Unuting. Oldimizda xaqiqiy JANG turibdi. Hammasi bittagina mana shu o‘yinni o‘zidagina hal bo‘lib, biz Rossiya-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘lishimiz uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Ta’bir joiz bo‘lsa, jaxon chempionati uchun haqiqiy o‘yin ertaga bo‘ladi. Undan avvalgi o‘yinlar esa, shunchaki ertangi o‘yin uchun tayyorgarlik bo‘ldi hisob.

Koreya ustidan g‘alaba qozoning va guruxdagi vaziyat, tanqidlar, turli gap-so‘zlar, barcha-barchasini oyog‘ini osmondan qilib tashlang. Futbolchi bo‘lganingizdan beri o‘tkazgan o‘yinlaringizni eng sarasini, eng zo‘rini mana shu o‘yinda ko‘rsating. Qarib, keksayganingizda nabiralaringizga aynan mana shu tarixiy g‘alaba haqida hikoyalar aytasiz hali. Tasavvur qiling, ertangi g‘alaba bilan yurtimizning shaharu qishloqlari, choyxonayu guzarlarida bayram boshlanadi.

Shu birgina o‘yin bilan xalqimiz qahramonlari sifatida tarixdan joy olishingiz mumkin.

Yuz yillardan keyin:
"Shunday qilib, mag‘lubiyat va tanqidlardan charchab, sillasi qurigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari 2017 yil 5 sentyabr kuni Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozondi va o‘zining uzoq yillik orzusi Jaxon chempionati"ga yo‘l oldi", — deya kelajak avlodlarimiz eslab yurishsin!

G‘alaba  uchun biz muxlislar ham stadionda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, fantastik darajada qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz! Siz va biz — bir jamoamiz!

Olg‘a, O‘ZBEKISTON!

Dilshodbek Nurmatov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:37, 04.09.2017.
O'qildi: 28572 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик