«Komo»ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas Angliya Premyer-ligasi grandlari e’tiboriga tushdi.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli argentinalik futbolchiga «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Biroq «Komo» Pasni yanvarda sotish niyatida emas. Italiya klubi futbolchini 100 million yevrodan ortiq mablag‘ga baholamoqda.
Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
«Komo» navbatdagi uchrashuvini 1 noyabr kuni «Venesiya»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.













