Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Yevropadagi eng kuchli hujumchilar triosi

Yevropadagi eng kuchli hujumchilar triosi

Baho:
+ | -

Transferlar bozori Yevropaning grand jamoalari hujum chizig‘ini butunlay o‘zgartirib yubordi. Jamoalar yangi mavsumga kirib kelgan bir paytda, qaysi klub eng kuchli hujum chizig‘iga ega? France Football nashri bu haqida muhokama qildi.

Neymar – Kavani- Mbappe («PSJ»)

Qimmatbaho narxlarda jamoaga olib kelingan Neymar va Mbappening umumiy narxi 400 million yevrodan oshib ketdi. «PSJ» esa futbol tarixidagi eng qimmat hujum chizig‘ini tuza oldi. 4 yil oldin 64 million yevro evaziga olib kelingan Edinson Kavani bilan fransiyalik va braziliyalik hujumchilar ajoyib uchlik hosil qilishi aniq. Ushbu trio vakillari o‘tgan mavsumda umumiy hisobda 95 gol urgan.

Messi – Suares – Dembele («Barselona»)

Yozgi transferlar bozoridan keyin mashhur MSN MSDga o‘zgardi. Oxirgi yillarning eng kuchli triosi vakili Neymar katta pullar evaziga «PSJ» tomon yo‘l oldi, uning o‘rniga esa yosh Usmon Dembele katta pullar evaziga sotib olindi. Fransiya termasi a’zosi Dembele «Borussiya»da ko‘rsatgan bir yillik faoliyatidan keyin kelib qo‘shildi. Hujumchi o‘tgan mavsumda umumiy hisobda 49 bora maydonda harakat qilgan. U endi Lionel Messi va Luis Suareslarga hujumda sheriklik qiladi.

Benzema – Beyl – Ronaldu («Real Madrid»)

Bu kuchli trio birgalikda Chempionlar Ligasining so‘nggi to‘rt musobaqasidan uchtasini o‘zlariniki qilib oldi. Bu esa ularning saviyasini tushuntirishning oddiy yo‘li. Bu uchlik uelslik futbolchining 2013 yildan jamoaga kelib qo‘shilganidan buyon, birgalikda 378 golni raqib darvozasiga joylab qo‘yishdi. Ronaldu esa bu gollarning 206 tasini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Raqamlar aql bovar qilmas darajada!

Robben – Levandovski – Riberi («Bavariya»)

«Bavariya» hujum chizig‘i vakillarini hozirgi kunning eng yosh uchligi deb bo‘lmaydi. Biroq Aren Robben (33 yosh), Robert Levandovski (29 yosh) va Frank Riberi (34 yosh) lar yosh bo‘lishmasada, «Bavariya» safida hali hamon javlon urishmoqda.

Gollandiyalik va fransiyalik hujumchilarga Tomas Myuller va Kingsli Komanlarga qarshi kuchli raqobat qilish, o‘z salohiyatlarini yuqori notada saqlab qolishlariga sababchi bo‘lmoqda.

Roys – Obameyang – Pulishich («Borussiya Dortmund»)

Bu uchlik hozirdanoq ishga kirisholmaydi. Boisi, Marko Roys hali hamon jarohatlari bilan ovora, uning maydonga qaytishi esa 2018 yil yanvaridan oldin yuz bermaydi. Biroq, klub bosh murabbiyi Piter Bosh qo‘li ostida son va sifat jihatidan variantlarga ega. Roysning maydonga qaytgunicha, bosh murabbiy Maksimiliam Filip, Obameyang va Pulishich hisobiga kuchli uchlikni hosil qila olishi mumkin. Dembelening jamoani tark etishi ortidan ukrainalik futbolchi Andrey Yarmolenkoning olib kelinishi tufayli murabbiyning variantlarini oshgan.

Manjukich – Iguain – Dibala (“Yuventus)

O‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi finalchisi bu yil ham o‘zining o‘tkir «tishi»ni saqlab qolgan. Mario Manjukich, Gonsalo Iguain va Paulo Dibalalar bu yil ham Italiya A seriyasida chempionlikni himoya qilishga qattiq bel bog‘lagan, bunda ularga Xuan Kuadrado ham yordam beradi. Dibala esa dastlabki rasmiy uch uchrashuvda o‘z hisobiga 6 gol yozdirib qo‘ydi.

Insine – Mertens – Kallexon («Napoli»)

O‘yinning ko‘p qismini to‘p nazoratisiz o‘tkazsada, «Napoli» Yevropaning eng jozibador kuchli triosiga ega hisoblanadi. Uchlik Maurisio Sarri qo‘li ostida ajoyib ijrochilarga aylangan. Ular o‘tgan mavsumda 64 bora raqib darvozasiga yo‘l topa olgan. Shundan 50 tasi ichki chempionatga to‘g‘ri keladi.

Perotti – Defrel – Jeko («Roma»)

Ushbu yoz mobaynida «Roma» o‘tgan mavsumda 15 gol urgan hujumchisi Muhammad Salohdan ajralib qoldi. «Liverpul»ga yo‘l olgan misrlik hujumchining o‘rniga, Rim klubi rahbariyati ancha vaqt Riyod Mahrez nomzodi atrofida o‘ralashib yurdi. Biroq, bu harakatlar samarasiz yakun topdi. Eysebio Di Franchesko endi 4 3-3 o‘yin sxemasida o‘ng qanotda fransiyalik o‘yinchi Greguar Defrelni qo‘llab ko‘radi. U Edin Jeko va Diyego Perottilarga hujumda hamkorlik qiladi.

Mane – Firminyo – Saloh («Liverpul»)

«Liverpul» iyul oyida tezkor qanot hujumchisi Salohni bonuslarsiz 42 million yevro evaziga safiga qo‘shib oldi. Bu bilan klub hujum chizig‘ida eng tezkor hujumchilar jamlandi. O‘ng qanotda misrlik hujumchi, chap qanotda esa Sadio Mane harakat qiladi. Bu bilan «qizillar» raqiblari yangi mavsumda qanotdan keladigan tahdidlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishni boshlaganlari ma’qul. Firminyo ham ajoyib sport holatida. Hozircha uch uchrashuvda uch gol va uch golli uzatmaga ega.

Alli – Keyn – Eriksen («Tottenxem»)

Premer Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi uchligi (86 gol) mavsum oralig‘ida hech qanday o‘zgarishga uchramadi. Aksincha, jamoaga tajribali Fernando Lyorente kelib qo‘shildi. Keyn (29 gol), Alli (18 gol) va Eriksenler (8 gol) safiga Hon-Min Sonni (14 gol) ham kiritadigan bo‘lsak, «taqachilar» hujum chizig‘i yangi mavsumga shay holatda turibdi.

Sanches – Lakazett – O‘zil (Arsenal)

Yangi mavsum boshidan beri rasmiy tarzda Aleksis Sanches, Aleksandr Lakazett va Mesut O‘zillar maydonda birgalikta harakat qilgani yo‘q. O‘tgan yakshanba kuni «Liverpul»dan qaqshatgich zarba yegan bahsda, Lakazett o‘yinga zaxiradan kirdi. Bu vaqtda esa chililik futbolchi maydonni tark etgandi. Arsen Venger olib borishni istayotgan 3 4-2 1 o‘yin sxemasida shu uch futbolchi birgalikda hamkorlik qilishi kerak.

Azar – Morata – Villian («Chelsi»)

Ushbu yozgi transfer bozori vaqtida «aristokratlar» o‘tgan mavsumda 20 gol urgan asosiy to‘purari Diyego Kostani Alvaro Morataga alishtirdi. Chempionlar Ligasining so‘nggi g‘olibi ilk bor o‘zini Yevropaning grand jamoasida asosiy hujumchi sifatida sinab ko‘radi, boisi jamoa ustozi Antonio Konte Kostani jamoada ko‘rish istagida emas. Hujumda Villian va Azar kabi yulduzlarga tayanadigan Morata yangi mavsumda porlashi kerak bo‘ladi.

Izoh: 4 hujumkor o‘yinchi bilan harakat qiladigan Manchesterning ikki klubi – haqiqiy hujumkor uchlikni hosil qilishmagan. Shu boisdan bu jamoalar hujum chizig‘i ushbu kategoriyaga kiritilmadi.

 

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:11, 04.09.2017.
O'qildi: 20726 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.