Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Bahodir Nasimov: «Yutishimizga ishonyapman, Koreya oldingidek emas»

Bahodir Nasimov: «Yutishimizga ishonyapman, Koreya oldingidek emas»

Baho:
+ | -

Bugungi O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin terma jamoamizning sobiq hujumchisi, hozirda Janubiy Koreya chempionatida to‘p surayotgan Bahodir Nasimovning fikrlari bilan qiziqdik.

«Bugungi juda muhim o‘yin oldidan milliy terma jamoamizga ishonayapman. Menda shunday hissiyot borki, bugun g‘alaba qozonib, aynan mana shu safar Jahon Chempionatiga chiqadigandekmiz. Bunday o‘yinlarda futbolchilarning o‘zi ham har tomonlama tayyor bo‘ladi. Omad biz tomonda bo‘lishiga ishonaman. E’tibor bering, shuncha ochko yo‘qotgan bo‘lsakda, hali hamon yaxshi imkoniyatga egamiz. Janubiy Koreyaning uchta o‘yinini kuzatib shunday xulosaga keldimki, hozirgi Janubiy Koreya oldingidek kuchli emas. Ularning o‘yinida golli vaziyatlar juda kam bo‘ladi. Aynan shu bois ham ular hali hamon safarda g‘alaba qozona olishmayapti. Futbolchilarimiz bugun ularni mag‘lub eta olishiga ishonayapman» — deydi Bahodir Nasimov.

«Eron bilan o‘yindan keyin ham Koreyadagi klubdoshlarim o‘z terma jamoalariga ishonishayapti. Hattoki ular Koreya g‘alaba qozonishiga men bilan bahs boylashdi. Men O‘zbekiston g‘alaba qozonadi deb ular bilan bahs boyladim. Yodimda, to‘rt yil oldin deyarli shunday vaziyatda edik. So‘nggi turda Qatarni 5:1 hisobida yutgandik, «dubl»ga erishgandim, ammo Koreya Eronga mag‘lub bo‘lib, biz bilan bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsada, omadsizlik bois JCH-2014 ga bora olmagan edik. Bu safar omad biz tomonidan bo‘lishiga negadir ishonchim komil» — deydi Koreyaning «Ansan Grinners» klubi hujumchisi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:39, 05.09.2017.
O'qildi: 8413 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик