Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Igor Sergeev terma jamoada oxirgi marta qachon gol urgan edi?

Igor Sergeev terma jamoada oxirgi marta qachon gol urgan edi?

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasining almashtirib bo‘lmas hujumchisi Igor Sergeev mana 14 ta uchrashuvdirki terma jamoa tarkibida gol kirita olmayapti. Hujumchi oxirgi marta 2015 yilning 12 noyabr kuni JCH saralash o‘yinida KXDR darvozasiga gol urgan ekan. Biz Igorning shundan keyingi 14 o‘yindagi o‘yinlariga qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.

1. Yaman - O‘zbekiston 1:3 (JCH-2018 sarlashi)
Sergeev mazkur to‘qnashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. O‘yinda termamiz gollariga Aziz Xaydarov, Server Jeparov va Stanislav Andreev mualliflik qilishdi.

2. O‘zbekiston - Filippin 1:0 (JCH-2018 sarlashi)
Anzur Ismoilovning yagona goli evaziga 3 ochko qo‘lga kiritilgan bahsda ham hujumchi to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

3. O‘zbekiston - Bahrayn 1:0 (JCH-2018 sarlashi)
Bahrayn bilan o‘yinda ham Igor to‘liq harakat qildi. Bahs taqdirini Sardor Rashidovning yagona goli hal qildi.

4. Kanada - O‘zbekiston 2:1 (o‘rtoqlik uchrashuvi)
Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yinida Babayan 5 ta futbolchini almashtirdi, biroq Sergeevni emas. Mazkur bahsda Igor Eldor Shomudorovning goliga assistentlik qildi.

5. O‘zbekiston - Suriya 1:0 (JCH-2018 saralashi)
Sergeev  bu bahsda ham 90 daqiqa harakat qildi. O‘yindagi yagona gol Aleksandr Geynrix hisobiga yozildi.

6. Qatar - O‘zbekiston 0:1 (JCH-2018 saralashi)
Krimesning yagona goli evaziga 3 ochko qo‘lga kiritilgan o‘yinda ham Sergeev  to‘liq maydonda harakat qildi.

7. O‘zbekiston - Eron 0:1 (JCH-2018 saralashi)
Eronga boy berilgan o‘yinda Sergeev  73 daqiqada o‘z o‘rnini Marat Bikmayevga bo‘shatib berdi.

8. O‘zbekiston - Xitoy 2:0 (JCH-2018 saralashi)
Xitoy taslim etilgan o‘yinda ham hujumchi to‘liq harakat qildi. Termamiz gollariga Marat Bikmayev va Otabek Shukurov mualliflik qilishdi.

9. Janubiy Koreya - O‘zbekiston 2:1 (JCH-2018 saralashi)
Koreyada taslim bo‘lingan o‘yinda termamizning yagona goli Marat Bikmayev hisobiga yozildi. Igor bu bahsda ham 90 daqiqa harakat qildi.

10. O‘zbekiston - Gruziya 2:2 (o‘rtoqlik uchrashuvi)
Gruziya bilan o‘rtoqlik o‘yinida Eldor Shomurodov dublga erishdi. Igorjon esa 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Davomi>>

Kiritildi: 16:55, 05.09.2017.
O'qildi: 9196 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.