Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saloh yangi klubi haqida gapirdi

Saloh yangi klubi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh o‘z kelajagi haqida gapirdi. Misrlik futbolchi mavsum yakunida erkin agent sifatida «qizillar» safini tark etadi. 33 yoshli o‘yinchi yozda qayerga yo‘l olishi borasida hali bir qarorga kelmaganini tan oldi.

«To‘g‘risini aytsam, hali qaror qabul qilmadim. Menda variantlar ko‘p va ularning hammasi yaxshi variantlar. Hozirgi eng muhim narsa — jismoniy holatim a’lo darajada. Men ko‘p yillar davomida tinmay mehnat qildim va hozir bu harakatlarim o‘z mevasini berayotganini his qilyapman. Ko‘ramiz, oldinda meni nimalar kutyapti», — deya ingliz OAVlari Salohning intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

Hujumchi 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:34, 02.05.2026.
O'qildi: 1808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик