Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Oliy liga. "Dinamo" va "Qo‘qon-1912" o‘yinida hisob ochilmadi

Oliy liga. "Dinamo" va "Qo‘qon-1912" o‘yinida hisob ochilmadi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 20-turida "Dinamo" - "Qo‘qon-1912" o‘yini o‘tkazildi.

Bugungi uchrashuvda mehmonlar to‘rtta yo‘qotishga duch keldi. Nikita Ribkin terma jamoa ixtiyorida bo‘lib kelgani tufayli, unga dam berildi. Andrey Sidorovning sariq kartochkalari to‘rtta yetgani bois, bu bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Jalil Kimsanov va Aleksandr Merzlyakov turli sabablarga ko‘ra, bugungi bahsda maydonga tusha olishmadi.

Uchrashuv mehmonlarning xujumlari boshlandi. Dastlabki daqiqalardan oldinga tashlangan qo‘qonliklar vaziyatlardan foydalana olishmadi. 12-daqiqada mezbonlarning hujumi xavfli ko‘rinish oldi. 18-daqiqada maydon egalari yana hujum tashkil etishdi. Sardor Sulaymonovning bosh bilan zarbasidan so‘ng, to‘p yuqoridan ketdi.

37-daqiqada hisobni ochilishi mumkin edi, ammo Rayevas imkoniyatdan foydalana olmadi. Avilov o‘ng qanotdan serbiyalik hujumchiga to‘pni qulay tarzda uzatgan edi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari ham qo‘qonliklarning hujumlari bilan o‘tdi. 43-daqiqada Suhrob Berdiyevning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqish ketishdi.

Ikkinchi taymni mezbonlar o‘zgarish bilan boshlashdi. Hujumni kuchaytirish maqasadida samarqandliklar Sulaymonov o‘rniga Tojiyevni maydonga tushirishdi.

52-daqiqada mezbonlar Suhrob Berdiyevga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Holmuhammedovning jarima maydoniga oshirgan to‘pini darvozabon ushlab oldi.
62-daqiqada Rayevas yaqin masofadan boshi bilan kuchli zarba berdi. Naumov ajoyib reaksiya namoyish qildi.

65-daqiqada Berdiyev oshirgan to‘pni Holmuhammedov darvozaga yo‘lladi, ammo to‘p biroz yuqoridan ketdi.

Uchrashuv yakuniga qadar har ikki jamoa harchand o‘rinishmasin, raqib darvozasiga yo‘l topish hech kimga nasib etmadi. Natijada Samarqanddagi bahsda durang qayd etildi.

Oliy liga, 20-tur
«Dinamo» (Samarqand) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 0:0
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumayev (Qarshi).
O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.
«Dinamo»: 1. Mixail Naumov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 9. Sardor Sulaymonov (50. Farhod Tojiyev-46), 14. Radu Rogak, 15. Shoxrux Xolmatov, 17. Aleksey Nikolayev, 19. Orif Mamajonov, 20. Amir Safarov (11. Abdumalik Abdullayev – 73), 28. Adnan Oraxovas, 90. Doniyor Ismoilov (26. Saidjamol Davlatjonov – 40).
Zaxira: 16. Rustam Toshturdiyev, 2. Mirkomil Lokayev, 4. Hakim Alamxonov, 70. Muhammad Isayev.
«Qo‘qon-1912»: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov (4. Bahodir Akramov -73), 14. Doniyor Hasanov (70. Quvondiq Ro‘ziyev - 67), 19. Suhrob Berdiyev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Holmuhammedov. 98. Xushnudbek Avilov, 99.Filip Rayevas.
Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 17. Avazxon Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:14, 07.09.2017.
O'qildi: 3635 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.