Aftidan, turk klublari o‘rtasida Diyego Kosta uchun kurash avjiga chiqadiganga o‘xshaydi.
Sababi, 28 yoshli futbolchini endi “Fenerbaxche” ham ijaraga olmoqchi. Kostaning agenti Rikardo Kardozo uch kundan beri Istanbulda bo‘lib turibdi, u “Fenerbaxche” bilan muzokara olib bormoqda. Turkiyada transfer oynasi bugun yakuniga yetadi.