Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Germaniya mundiali yulduzlari dopingdan foydalanganmidi

Germaniya mundiali yulduzlari dopingdan foydalanganmidi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bombardir.ru sayti futbol olamida taqiqlangan preparatlar xususidagi yangi mojaroni yoritdi.

Aslida nima bo‘lgandi?

Fancy Bears xakerlar guruhi futboldagi dopingga oid maqolani e’lon qildi. Unga ko‘ra, Germaniyada bo‘lib o‘tgan JCHda bir guruh taniqli futbolchilarda taqiqlangan preparatlardan foydalanish ruxsatnomasi bo‘lgan.

Doping qabul qilgan o‘yin­chilar orasida Dirk Kuyt (Gollandiya), Mario Gomes (Germaniya), Karlos Teves, Xuan Sebastyan Veron, Gabriel Xanyse va Diyego Milito (hammasi Argentina)ni uchratish mumkin. Umuman, 25 nafar futbolchida shunday imtiyozlar bo‘lgan. Bundan tashqari, Fancy Bears 2016 yili doping nazoratidan o‘tolmaganlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

U qanday guruh?

Fancy Bears («Qitmir ayiqlar») - kiberjosuslar guruhi, 2004 yildan buyon faoliyat yuritadi. Uni Rossiya maxsus xizmati bilan aloqadorlikda va ularning ko‘rsatmalariga asosan harakat qilishda ayblashmoqda. Guruhning shu kunlarda e’lon qilgan bayonotidan quyidagilarni bilish olish mumkin: «Fancy Bears jamoasi turli manbalardan olingan futbolga oid materiallarni e’lon qiladi. Futbolchi va rasmiy ma’murlar bu sport turining dopingdan xoli ekanligini ta’kidlashadi. Biz shunday mazmundagi ko‘plab asoslarga egamiz va ularning bo‘hton ekanini isbotlamoqchimiz. WADA hujjatlari bilan tanishish orqali siz 2015 yili 150 nafar futbolchi doping qabul qilmaganligini bilib olishingiz mumkin. O‘tgan yili bu raqam 200taga ko‘tarildi».

Yana nimalarni bilish muhim?

Ehtimol, e’lon qilingan so‘nggi maqola WADA bilan Fancy Bears o‘rtasidagi olishuvning bir qismidir. 2016 yilning avgustida WADA saytiga uyushtirilgan bosqinchilikda aynan rossiyalik xakerlar guruhi ayblanmoqda. Bosqinchilik WADA Rossiyani davlat tomonidan qo‘llab turiladigan, sportchilarga taqiqlangan preparatlardan foydalanish imkonini beradigan tizimni tashkil etganini fosh etuvchi hisobotini e’lon qilganidan keyin amalga oshirilgandi.

Yana bir muhim fakt

Fancy Bears hujjatlarida 200 nafar sportchining ism-shariflari qayd etilgan emas. Faqat ularning 2016 yili doping qabul qilganliklari ko‘rsatilgan, xolos.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 10.09.2017.
O'qildi: 7870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.