Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 0-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Italiya «A» seriyasini kuzatish uchun 5 sabab

Italiya «A» seriyasini kuzatish uchun 5 sabab

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining bu yilgi bahslari har qachongidan qiziqarli kechishi kutilmoqda. Zero skudettoga da’vogarlik qiladigan klublar qatoriga Milanning ikki jamoasi ham qaytadigan ko‘rinadi.

Football.ua sayti ijodkorlari «A» seriyani kuzatishga chorlaydigan beshta sababni keltirib o‘tishdi. Ko‘raylik-chi, ushbu ro‘yxatda nimalarga e’tibor qaratildi ekan...

1. «Milan»ning kuchayishi

«Rossoneri» amalga oshirgan transferlar ommani hayratda qoldirdi. Hattoki, yangi futbolchilar uchun o‘nlab millionlarni ayamaydigan APL klublari ham milanliklarning kuchayayotganiga befarq qarashmadi.

Xitoylik ishbilarmonlar sharofati bilan «Milan»da skudettoga da’vogarlik qiladigan jamoa asosi yaratildi: 10 nafar yangi o‘yinchi xaridiga jami 189,5 million yevro sarflandi.

Bunday e’tibor milanlik ishqibozlarning jonlanishiga zamin hozirlashi natijasida mavsumiy abonementlarning 30 foizi tezda sotib bo‘lindi (solishtirish uchun, o‘tgan mavsum bu ko‘rsatkich 16 mingga ham yetmagandi).

O‘z suyuklilariga katta umidlar bog‘layotgan fanatlar Yevropa Ligasi saralashidan o‘rin olgan «Krayova»ga qarshi bahsda rekord qayd etishdi: mazkur o‘yinni «San-Siro»da 65763 tomoshabin kuzatdi.

«Milan»dagi yangiliklar Italiya chempionligi uchun kurashni yanada qizdirishi tayin. Aftidan, «Yuventus»ning gegemonligi tez orada barham topadigandek. Mabodo turinliklar yana birinchi o‘rinni egallashni xohlashsa, endilikda jiddiy raqobatchilari sinovidan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

Qiziqarli fakt: La Gazzetta dello Sport xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, chempionlik «Napoli»ga nasib qilishi taxmin qilingan.

Mamlakatning yetakchi sport nashri shunday fikr bildirayotgan ekan, demak bizni oldinda bir-biridan qiziqarli qarama-qarshiliklar kutayotgani aniq.

2. YECHLda to‘rtta jamoa

UYEFA reallikka ko‘proq e’tibor qaratgan holda, Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma berish sxemasiga ayrim o‘zgartirishlar kiritdi. Avvallari uchta yetakchi davlat koeffisiyentlar jadvalida alohida ajralib turishgan bo‘lsa, endilikda to‘rtinchi mamlakat - Italiya ham bonusga ega chiqdi.

2018|2019 yillar mavsumidan «A» seriyadan YECHLda uch emas, balki to‘rt vakil qatnashadi. E’tiborlisi, ularning barchasi turnirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlashadi.

To‘g‘ri, «Kalcho» yetakchilari, ayniqsa, Chempionlar Ligasini sog‘inib qolgan Milan klublarining mazkur shart-sharoitdan foydalana olmasliklari ehtimoli ham yo‘q emas, ammo imkoniyatlar avvalgidan oshgani turgan gap.

Bu kabi islohotlar Italiya futboliga katta daromad keltirishi muqarrar: misol uchun, o‘tgan yili YECHLni 1|8 finalda tark etgan «Napoli» yaknuda 65,7 million yevro ishladi.

Bu holatda ishtirok, ochkolar uchun belgilangan mukofot pullari, homiylik mablag‘lari, chipta sotish va translyasiyalardan tushgan foyda ham qo‘shib hisoblangan.

«Yuventus»ning daromadlari hammasidan salmoqli - 109 million. Bir yildan so‘ng endi Italiyaning naq to‘rtta jamoasi o‘z ulushiga ega bo‘ladi.

3. Videotakrorlar tizimi

Futboldagi bu yangilik allaqachon Konfederasiyalar kubogida sinovdan o‘tkazilib, unga turlicha munosabat bildirilgandi. Ammo baribir, qisqa muddat davom etadigan turnir bilan Italiya va Germaniya chempionatlari o‘rtasida farq bor.

Aynan shu birinchiliklar videoassistentlar ko‘magidan foydalanishga qaror qilishdi.

Ayniqsa, hakamlar bilan bog‘liq mojarolar tez-tez kuzatiladigan «A» seriya uchun bu ayni muddao. Xullas, golni hisobga olish-olmaslik, penalti belgilash, chetlatishlar, ogohlantirishlar bo‘yicha aniq to‘xtamga kelishda asqotadigan VAR tizimining afzalliklariga Apennindagi chempionat yakunlangach, aniqroq baho berish imkoniyati tug‘ildi.

4. Yuqori sermahsullik

«Katenachcho» yurti o‘tgan mavsum eski andozadan chiqqandek tuyuldi. Umumiy hisobda 1123ta gol, boshqacha aytganda, bir o‘yinda o‘rtacha 2,96ta to‘p kiritilishi «A» seriyaning sermahsullik bobida olg‘a intilayotganidan dalolat. Bu borada italyanlar kuchli beshlikda hammani ortda qoldirishdi.

Yirik transferlarga o‘ch APLni (1064ta gol) ham, an’anaviy tarzda to‘purarlari bisyor bo‘lgan primerani (1118ta gol) ham. Fransiya (991) hamda Germaniya (877) chempionatlari haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.

Siz hamon Apennindagi o‘yinlarni zerikarli deb hisoblaysizmi? O‘tgan mavsum 380ta uchrashuvdan atigi 19tasi, ya’ni 5 foizi shunday ruhda o‘tdi. Boshqa tomondan, 7:3 yoki 5:4 kabi kam­yob hisoblar qayd etilganiga nima deysiz?

Joriy yil yozida «A» seriya yetakchi to‘purarlaridan hech birini qo‘yib yubormadi. Jeko, Mertens, Belotti, Iguain, Ikardi - hammalari Italiyada qolishdi. Ketganlar orasida muhim hujumchilar sirasiga Saloh va Murielni hamda Milan klublariga kerak bo‘lmay qolgan Bakka va Banegani kiritish mumkin.

«Kalcho» ularning o‘rnini mohir ijrochilar - Andre Silva, Chalxanoglu, Duglas Kosta, kelajagi porloq Jengiz Under hisobiga to‘ldirdi. Shunday ekan, yangi mavsum bizga shiddatli bahslarni hadya qilishiga ishongimiz keladi.

5. Maftunkor derbilar

Bir shahar vakillari o‘rtasidagi qiziqarli o‘yinlar - «A» seriyaning «qon-qoni»ga singib ketgan. Ushbu uchrashuvlar o‘rtoqlik maqomida o‘tkazilsa ham muxlislarga zavq bag‘ishlaydi.

Endi ularning soni yana ortadi: Milan, Rim, Turin va Genuya derbilari safiga Verona ham qo‘shildi. Ehtimol, bu qarama-qarshilik u qadar jozibali tuyulmas, ammo ish­qibozlar diqqatini o‘ziga qaratishi muqarrar.

Nisbatan obro‘liroq «Kyevo» hamda mahalliy ishqibozlarning sevimli klubi bo‘lgan «Verona» o‘rtasida elitada «jon» saqlash uchun kechadigan bahs - turnir jadvalining quyi qismida asosiy intrigani yaratishini taxmin qilish mumkin.

Bundan tashqari, boshqa shaharlar vakillari o‘rtasidagi prinsipial o‘yinlar ham bisyor. Milan jamoalari «Yuventus»ga qarshi, «Roma» «Napoli»ga qarshi, «Fiorentina» «Bolonya»ga qarshi va nihoyat, Kampanya provinsiyasi derbisi - «Napoli» debyutant «Benevento»ga qarshi. Deyarli har bir turda murosasiz bellashuvlar naqd.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 11.09.2017.
O'qildi: 4057 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.