Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Levandovskining o‘rniga 45 million yevrolik hujumchi topdi

«Barselona» Levandovskining o‘rniga 45 million yevrolik hujumchi topdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yangi hujumchi izlashni boshladi, chunki Robert Levandovski joriy mavsum yakunlanganidan keyin kataloniyaliklar klubini rasman tark etadi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» polshalik to‘purarning o‘rinbosari sifatida «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusni ko‘rishmoqda. Londonliklar braziliyalik futbolchini 45 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Gabriel Jezus «Arsenal» safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 20:42, 17.05.2026.
O'qildi: 4460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик