Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

O‘smirlarimiz sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritishdi

O‘smirlarimiz sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

4-10 sentyabr kunlari Gresiya poytaxti Afinada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada barcha yo‘nalish, ya’ni yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi. Jahon chempionati 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lsada, ayrim terma jamoalar 2002 yil tavallud topgan o‘smirlarni ham tarkibga kiritishgandi. O‘zbekiston sport kurashlari Assosiasiyasi rahbariyati va terma jamoamiz murabbiylar shtabi munosib zaxira yaratish va yosh sportchilarning xalqaro tajribasini oshirish maqsadida delegasiyamiz tarkibiga 2002 yilda tug‘ilgan o‘smirlarni ham kiritishgandi.

Ulardan biri Umidjon Jalolov erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda finalga qadar yetib borib, yakunda kumush medal sohibiga aylandi. -42 kg. vazn toifasida gilamga chiqqan Umidjon mo‘g‘ulistonlik Xishigdosh Batbayarni 10:0, eronlik Mehrdod Mahdi Veysini 4:1, gruziyalik Georgiy Tcholadzeni 6:4, yarim finalda esa turkiyalik Yusuf Erichelni 10:0 hisobida taslim etib, hal qiluvchi bahsga yetib keldi. Finalda hamyurtimizga ozarbayjonlik Alihasan Amirli ro‘baro keldi. Jalolov o‘zidan bir ikki yosh katta sportchilarga qarshi saralash bahslarida ancha faol harakat qilib, raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratgan edi va shu boisdan yosh polvonimiz oltin medal uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgandi. Afsuski finalda Umidjon noholis hakamlik qurboniga aylandi. Bahs 1:0 hisobida ozarbayjonlik sportchi foydasiga hal bo‘ldi.

Erkin kurash, qolaversa o‘smirlar o‘rtasida bahs kamdan kam xollarda 1:0 natijasi bilan tugaydi. Ushbu bir ochko ham hakamlar tomonidan Alihasan Amirliga usul qo‘llagani uchun emas, balki Umidjonning passiv harakatlari evaziga berilgani e’tiborga molik. Hullas umidli sportchimiz Umidjon Jalolov jahon chempionatining kumush medali bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Mutaxassislar esa hamyurtimizni yorqin kelajak kutayotganligi, uning asosiy g‘alabalari oldinda ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

-50 kg. vazn toifasida kurash olib borgan Farrux Sharipov esa bronza medali bilan taqdirlandi. Yarim finalga qadar Farrux Vengriya va Mongoliya terma jamoalari vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda rossiyalik raqibi, amaldagi Yevropa chempioniga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali taqdiri hal bo‘lgan bellashuvda esa hamyurtimiz turkiyalik Dogan Karadan ustun keldi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘smirlar o‘rtasidagi 2017 yilgi jahon chempionati sinov tariqasida yangicha tizimda o‘tkazilib, 2018 yili yanvardan sport kurashlari bo‘yicha barcha xalqaro musobaqalar ana shu tizim asosida tashkil etiladi. Unga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha kurash 2 kun davomida bo‘lib o‘tadi va sportchilarning vazni har kuni qaytadan o‘lchanadi. Yangi tizim Yevropa chempionati davomida qo‘llanildi, ammo osiyolik polvonlar uchun bu tizim yangilik hisoblanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:50, 11.09.2017.
O'qildi: 3103 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.