Kirish Ro'yxatdan o'tish

Valverde: «Yuventus»ga qarshi o‘yinni katta ishtiyoq bilan kutyapmiz»

Valverde: «Yuventus»ga qarshi o‘yinni katta ishtiyoq bilan kutyapmiz»

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoasining YECHL startidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi bahsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yuventus»ning juda ham kuchli jamoa ekanini bilamiz. Ammo maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish. O‘tgan mavsum ular «Barselona»ga juda ko‘p muammolar yaratgandi. Shunday ekan biz hushyorlikni yo‘qotmasligimiz lozim.

Umuman, ikki kuchli jamoa ijrosidagi qiziqarli va jiddiy bahsni kutyapman. Bu guruh bosqichidagi eng muhim o‘yinmiz bo‘ladi.

Aytish mumkinki chempionatdagi ajoyib g‘alabadan so‘ng, bu uchrashuvni katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz. Hozir jamoamizda hammasi joyida. Maqsadimiz uch ochko ishlash» – dedi Valverde.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:06, 12.09.2017.
O'qildi: 4758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик