«Shanxay SIPG» bosh murabbiyi Andre Villash-Boash yarimhimoyachi Odil Ahmedovning so‘zlarini tasdiqladi.
Hamyurtimiz "Guanchjou Evergrand"ga qarshi OCHL chorakfinal o‘yinidan so‘ng, mezbonlarni g‘irromlikda ayblagan edi.
Ma’lumki, shanxayliklar dastlabki o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, javob o‘yinida 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan, ammo penaltilar seriyasida zafar quchgan edi.
«Ikkita avtomashina avtobusimiz oldida ketma-ket uchta halokatni sodir qilishdi. Menimcha, bunga «Guanchjou»ning ham aloqasi bor.
Hakamga ham e’tirozlarimiz bor. U penaltilar seriyasida atayin mezbon muxlislar o‘tirgan tribuna oldidagi darvozani tanladi. Bundan tashqari, penaltilar seriyasi vaqtida darvozabonimizga sariq karta ko‘rsatdi. Axir bu sharmandalik-ku?! Raqib futbolchilari esa bizni tirsagi bilan turtib o‘ynadi. Ularni esa hech kim jazolamadi" - dedi Villash-Boash BBC xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Shanxay SIPG» OCHL yarimfinalida Yaponiyaning «Urava Red Daimonds» klubi bilan bellashadi.