Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 22:45 PSV 4-0 Jirona
05/11 22:45 Slovan 1-4 Dinamo Zagreb
05/11 23:00 An-Nasr (SA) 5-1 Al-Ayn
06/11 01:00 Real Madrid 1-3 Milan
06/11 01:00 Liverpul 4-0 Bayer
06/11 01:00 Sporting 4-1 Manchester Siti
06/11 01:00 Lill 1-1 Yuventus
06/11 01:00 Bolonya 0-1 Monako
06/11 01:00 Seltik 3-1 RB Leypsig
06/11 01:00 Borussiya D 1-0 Shturm

Oliy liga. “Nasaf” - “Lokomotiv” (prevyu)

Oliy liga. “Nasaf” - “Lokomotiv” (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining 21-turidagi “Nasaf” - “Lokomotiv” bahsi markaziy o‘yin sanaladi.

Bu jamoalarning o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o‘yg‘otib keladi.

“Nasaf” o‘tgan turda “Olmaliq” jamoasini o‘z maydonida qabul qildi va 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu jamoaning mavsumdagi 11-g‘alabasi va o‘z tarixidagi 340-g‘alabasi sifatida qayd etildi. “Lokomotiv” jamoasi ham o‘z maydonida “Sho‘rtan” jamoasi bilan bellashib, 1:0 hisobidagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu jamoalar oliy liga bahslarida 25 marta to‘qnash kelgan. O‘tgan uchrashuvlarning 12 tasida Nasaf g‘alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan 8 uchrashuvda “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik Nasaf tomonida 35-27.

Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko‘rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Nasaf” shu paytgacha 20ta uchrashuv o‘tkazib. 32 ochko to‘pladi va turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda. “Lokomotiv” jamoasi 20 uchrashuvdan so‘ng 45 ochko to‘plab, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Mazkur jamoalar Qarshida shu paytgacha 12 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bu uchrashuvlarning 8tasida Nasaf g‘alaba qozongan, 3 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo‘li baland kelgan, qolgan 1 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 39ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati - 24-15ni tashkil etmoqda. Demak, to‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik Nasaf tomonida.

“Nasaf” so‘nggi bor “Lokomotiv”ni Qarshida 2015 yili kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Lokomotiv” jamoasi o‘tgan yilgi Qarshidagi uchrashuvda 2:1 hisobida “Nasaf”dan ustun kelgan.
Shu o‘rinda birinchi davradagi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Lokomotiv” – “Nasaf” 2:1 hisobi qayd etilganini ham eslatib o‘tamiz.

Qarshidagi so‘nggi besh uchrashuv natijalari.
2016 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv” 1:2
2015 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv” 1:0
2014 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv” 2:5
2013 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv” 2:1
2012 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv” 0:2

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” - “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 16 sentyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:45da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 15 sentyabr juma kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar qarorgohi maydonida soat 17:00da boshlanadi.

O‘zPFL, 21-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Lokomotiv” (Toshkent)
16.09.2017. “Markaziy” stadioni. Soat 18:45da
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Husniddin Shodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo‘ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)
O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

 

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:57, 15.09.2017.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.