Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Asian Fight Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi, ammo u va’dasining ustidan chiqdi

Asian Fight Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi, ammo u va’dasining ustidan chiqdi

Baho:
+ | -

Toshkent mezbonlik qilgan Asian Fight turnirida jang qilgan va ozarbayjonlik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdi va xayriya qildi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lumot berdi.

Avvalroq Mahmud Murodov Asian Fight turniridan oladigan gonorarini mehribonlik uyiga taqdim etishi haqida aytib o‘tgandi. Biroq musobaqa tashkilotchilari unga bir tiyin ham bermagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha tashkilotchilik qoniqarsiz ko‘rinishda bo‘lgani haqida maqolalar chop etilgandi.

"Bugun va’damga binoan Buxorodagi bolalar uyiga keldim. Chunki Asian Fight turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishni va’da qilgandim. Men doimo so‘zimda turaman.
Bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular chindan ham g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimizga muhtojdirlar. Men Asian Fight uchun bir tiyin ham olganim yo‘q. Lekin, va’damni bajardim. Bu kabi ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.

Agar kimdir ko‘makka muhtoj bo‘lsa, ularga yordam berish kerak, menga shunday o‘rgatishgan.
Savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Menda ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meni yanada ko‘proq mukofotladi.
Bu bilan maqtanmoqchi emasman. Oramizda shunday ishlarni qila oladiganlar yetarlicha. Shunchaki, ishoning, bolalar ko‘zidagi quvonchni ko‘rsam, kuchimga kuch qo‘shiladi. Ularga nisbatan befarq bo‘lmang, savob ish qiling" - dedi Mahmud Murodov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:30, 15.09.2017.
O'qildi: 9592 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик