Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Andrey Miklyayev: “Nasaf” g‘alabaga haqliroq o‘yin ko‘rsatdi”

Andrey Miklyayev: “Nasaf” g‘alabaga haqliroq o‘yin ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakunlangach o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Lokomotiv” jamoasi ustozi Andrey Miklyayev ishtirok etdi va quyidagi fiklarini bildirib o‘tdi.

-So‘zimni boshida “Nasaf” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek Berdiyevni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoni bilan taqdirlangani bilan ham muborakbod etaman.

Albatta bu yuksak unvon, bu biz uchun ham yoqimli. Bu Prezidentimiz SH.M.Mirziyeyovning biz murabbiylarga bo‘lgan katta e’tiborlari deb, bilaman.  

Endi bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugungi o‘yin muxlislarga juda yoqdi deb, o‘ylayman. Har ikkala jamoa chiroyli va shiddatli o‘yin namoyish etishdi. Ular hammamizni hayajonda ushlab turishdi, To‘g‘risi, 90 daqiqa qanday o‘tib ketganligini o‘zim ham sezmay qoldim.

Albatta bunday muhitda, bunday stadionda va maydonda o‘ynash har qanday jamoa uchun yoqimli. Ammo afsuski biz bugun dastlabki 10 daqiqada o‘yinni berib qo‘ydik, bunda maydon egalarining ko‘rsatgan katta bosimiga qarshi tura olmadik.

Xatomiz tufayli hisobda orqada qoldik. Shundan so‘ng o‘yin barqarorlashdi. Hattoki hisobni tenglashtirishda imkonlar ham bo‘ldi. Ammo bugun bizga omad yetishmadi. O‘yin oxirida biz tavakkal qilishga majbur bo‘ldik.

Hisobni tenglashtirish uchun hujumga o‘tib ketdik. Bunda himoyada xatoga yo‘l qo‘ydik, oqibatda darvozamizdan ikkinchi golni o‘tkazib yubordik.

O‘yinda “Nasaf” futbolchilari bizga nisbatan g‘alabaga haqliroq o‘yin ko‘rsatishdi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:21, 17.09.2017.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик