Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ashxobod-2017 Sochi-2014 va Rio-2016dan o‘zib ketishi kutilmoqda

Ashxobod-2017 Sochi-2014 va Rio-2016dan o‘zib ketishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Kecha, 16 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida eng katta delegasiya bilan ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar jami 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 2 tasi oltin medallardir.

Oltin medallarni kurashchilarimiz Obidali Mavlonov hamda Ilhomjon Mashrapov taqdim etishdi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqa mezboni Turkmaniston terma jamoasi ilk kungi bahslarda 16 ta, 14 ta kumush, 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Kuchli uchlikka Tailand terma jamoasi yakun yasagan. 

Bugun mazkur Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. “Balich Worldwide Shows” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan marosim so‘nggi yillarning eng chiroyli tadbirlaridan biri bo‘lishi kutilyapti.

Italiyalik tadbirkor Marko Balich tomonidan asos solingan mazkur kompaniya katta sportdagi faoliyatini Turinda bo‘lib o‘tgan qishki olimpiya o‘yinlaridan boshlagan. Undan keyin tashkilot Sochi-2014 va Rio-2016 o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tishini ham ta’minladi. Ashxobod-2017 ulardan-da o‘tadigan tarzda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur marosimda ishtirok etadi. Prezident Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlariga yuksak baho berdi. 

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 19:13, 17.09.2017.
O'qildi: 6660 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.