Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘FF futbolni ko‘tarish uchun yo‘nalishlarni e’lon qildi

O‘FF futbolni ko‘tarish uchun yo‘nalishlarni e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi rahbariyati mamlakatda futbolni tubdan isloh qilishning yangi rejalarini ishlab chiqmoqda. Federasiya prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruhi 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini ishlab chiqish asnosida futbolni ko‘tarib turadiganto‘rtta asosiy tamoyilga e’tiborni kuchaytiradi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida tashkilotga yangi prezident etib saylangan Umid Ahmadjonov mamlakat futbolini birgalikda ko‘tarishiga umid bildirgan edi.

“Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro musobaqalarda va Olimpiya o‘yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda, o‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman”.

Umid Ahmadjonov

O‘FF Prezidentining futbolni ko‘tarish haqidagi nutqida futbolni rivojlantirishning 4 ta ustunini ko‘rish mumkin.

Birinchi ustun bu musobaqalar bo‘lib, O‘FF bayrog‘i ostidagi musobaqalar o‘tkazilishi saviyasini OFK standartlari holatiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish birlamchi vazifa qilib qo‘yiladi.

Ikkinchi ustun esa, texnikaviy rivojlantirish masalalar bo‘lib, unga bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustun esa PFL va hududiy federasiyalar faoliyatini kuchaytirishbo‘lib, unda asosiy e’tibor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o‘tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O‘FFning a’zolari hisoblangan 14 ta hududiy federasiyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratiladi.

To‘rtinchi ustun esa, xalqaro munosabatlar bo‘lib, bu jabhada asosan FIFA, OFK, UYEFA va boshqa konfederasiyalar, hududiy federasiyalar, milliy federasiyalar bilan o‘zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Federasiyaning yangi rahbariyati ushbu 4 ustunga eltadigan zinapoyalardagi boshqa sohalarni ham takomillashtirish yo‘lidan boradi. Bu hakamlar, jamoatchilik bilan aloqalar, moliya, yuridik va xizmat ko‘rsatish masalalari kabi uzviy bog‘liq sohalardir.

 

BUGUNGI KUNDAGI USTUVOR MASALALAR

Federasiyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.

Birinchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilamiz.

Ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdir.O‘FF strukturasida futboldagi korrupsiyani oldini olish uchun ma’sul bo‘lgan maxsus bo‘linma, shuningdek, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lim va yangi qo‘mita ish boshlaydi. Bu bo‘linma va qo‘mita faoliyatini O‘FF Prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi.

Uchinchisibolalar va o‘smirlar futbolini qing‘irliklardan tozalash bo‘lib, yoshlarning futbol maktablari va klublariga joylashishida, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka yo‘l qo‘yilmasligi va sport prinsiplarining birlamchi bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Bundan tashqari, futbolchilarning yoshlarini soxtalashtirishkabi illatga qarshi kurashish bo‘yicha ham yangi chora-tadbirlar belgilab olinadi. Federasiyaning “Har bir bolaga bittadan to‘p” nomli yangi rivojlantirish dasturi ishga tushiriladi.

To‘rtinchisi,federasiya ishining shaffofligini ta’minlash va shu orqali fuqarolarning federasiyaga ishonchini ortishiga erishishdir. Aksariyat murojaatlarda federasiya xalqning mablag‘ini suiste’mol qilganlikda ayblanadi. Fuqarolarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri tasavvurni yo‘qotish uchun federasiyamoliyalashtirish uchun mablag‘ni qayerdan olib, qayerga sarflashini shaffoflashtirishni ta’minlaydi.

Beshinchisiterma jamoalar, chempionat, kubok va birinchilik o‘yinlarigaelektron chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish orqali ishqibozlar chiptalarni o‘z narxida va teng taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yishdir. Bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning ta’sirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o‘z uylaridan turib o‘yinlarga chipta sotib olishini ta’minlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu haftada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashadi. Keyingi haftada esa O‘FFda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan futbol jamoatchiligiga axborot beriladi.

 

O‘FF Matbuot xizmati

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:21, 19.09.2017.
O'qildi: 8751 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.