Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Kelasi mavsumdan boshlab YECHL va Yevropa ligasi saralash bosqichi formati o‘zgaradi

Kelasi mavsumdan boshlab YECHL va Yevropa ligasi saralash bosqichi formati o‘zgaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UYEFA kelasi mavsumdan boshlab o‘zgaradigan Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi saralash bosqichining yangi formatini e’lon qildi.

Yevropa chempionlar ligasi
Demak, 2018/19 mavsumdan boshlab birdaniga 26ta klub YECHLni guruh bosqichidan boshlaydi. Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniyaning 4tadan klubi, Fransiya va Rossiyaning ikkitadan jamoasi hamda Ukraina, Portugaliya, Belgiya va Turkiyaning bittadan klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishadi.

Shu bois, saralash bosqichida 6ta yo‘llanma uchun kurash kechadi. UYEFA reytingida 11-55-o‘rinlarni egallagan mamlakatlar chempionlari 4ta o‘rin kurashadi. Avval saralashning 2-3-bosqichlaridan ishtirokni boshlagan jamoalar ilk bosqichdanoq kurashni boshlaydi. Reytingda 5-15-o‘rinlarni egallagan mamlakatlar jamoalari qolgan 2ta o‘rin uchun bahs olib borishadi.

Yevropa ligasi
Yevropa chempionlar ligasida mag‘lub bo‘lgan jamoalarning barchasi o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettiradi. Ular alohida "chempionlar yo‘li" deb nom olgan saralash orqali Yevropa ligasining 8ta yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

UYEFA reytingida dastlabki 12ta o‘rinni egallagan mamlakatlarning Kubok sohiblari, shuningdek, Top-5 chempionatlarning 5-jamoasi Yevropa ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Qolgan 31ta yo‘llanma sohibi saralash bosqichi orqali aniqlanadi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 22:38, 19.09.2017.
O'qildi: 7433 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.