Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Vodiy derbisidagi mojarolar: O‘zPFL hakamlik bo‘yicha rasmiy tushuntirish talab qildi

Vodiy derbisidagi mojarolar: O‘zPFL hakamlik bo‘yicha rasmiy tushuntirish talab qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Andijon” — “Navbahor” (0:1) uchrashuvidagi tartibsizliklar va hakamlik masalasida rasmiy munosabat bildirdi.

7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan vodiy derbisida o‘yin reglamenti bilan tartibga solinadigan qoidalarning buzilishi qayd etilgan. Uchrashuvdan keyin Liga rasmiylardan mazkur vaziyatlar yuzasidan bildirgi kutgan. Biroq komissar hisobotidan tashqari, bosh hakam va to‘rtinchi hakam tomonidan mezbonlar zaxira o‘rindig‘ida yuzaga kelgan holatlar bo‘yicha rasmiy qayd kiritilmagani ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida “Andijon” bosh murabbiyi Samvel Babayan hakam qarorlariga bildirgan e’tirozi uchun sariq kartochka oldi. E’tiborlisi, mutaxassis avvalroq – 3 mart kuni bo‘lib o‘tgan Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishida ham intizomiy jazoga tortilgan. Shunga qaramay, u “Navbahor”ga qarshi bahsda texnik zona qoidalarini bir necha bor buzgan: belgilangan hududdan chiqib ketgan, e’tiroz sifatida to‘pni maydonga uloqtirgan hamda hakamlar bilan tortishuvlarga kirishgan.

Mazkur holatlar maydondagi vaziyatga ham ta’sir o‘tkazib, o‘yin davomida asabiy epizodlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.



Liga bayonotida qayd etilishicha, barcha klublar bosh murabbiylari uchun yagona tartib va talablar amal qiladi. Emosiyalar futbolning ajralmas qismi sifatida qabul qilinsa-da, qo‘mita qarorlariga va amaldagi qoidalarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi.



Shuningdek, Liga O‘zbekiston futbol hakamlari markazidan mazkur uchrashuv hakamligi bo‘yicha rasmiy tushuntirish talab qilgan. Tekshiruv komissar hisobotlari va translyasiya tasvirlari asosida olib boriladi. Ayrim epizodlarda bosh hakam va zaxira hakami o‘yinni to‘liq nazorat qila olmagani, vaziyatlarni tartibga solishda yetarli choralar ko‘rmagani ta’kidlangan.



Qayd etilishicha, uchrashuvda ishlagan referilar o‘yin natijasiga bevosita ta’sir qilgan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymagan. Biroq ayrim epizodlar uchrashuv taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan darajada bahsli bo‘lgan.

Liga stadiondagi atmosfera va tashkiliy jarayonlarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, muxlislar uchun sifatli va tomoshabop futbolni ta’minlash maqsadida o‘yin davomida bahsli, ko‘ngilsiz holatlar hamda tashqi aralashuvlarni maksimal darajada kamaytirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:31, 08.04.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик