Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Terma jamoamizni mevali daraxtga o‘xshataman, ammo...

Terma jamoamizni mevali daraxtga o‘xshataman, ammo...

Baho:
+ | -

Terma jamomizni men bir mevali daraxtga o‘xshataman.

Uning mevasi — g‘alabalar...

Shoxlari — futbolchilarimiz...

Xalq esa — muxlis...

Shoxlardagi kurtakdan meva unib chiqadi, xalq esa o‘sha mevadan — g‘alabalardan bahra oladi.

Bahor chog‘i qiyshiq o‘sgan yoki hosil bermagan shoxlar kesib tashlanadi. O‘rnidan yangi yosh, serhosil shoxlar o‘sib chiqishi uchun — bu avlodlar almashinuvi.

Daraxt tanasi — bosh murabbiy...

Zotan, shoxlar tanadan o‘sadi. Ular tarvaqaylab har tomonga betartib o‘sib ketadimi yoki osmonga, balandlikka intilib sarvqomat ko‘rinish beradimi — bu o‘sha daraxt tanasining kuchiga, naqadar baquvvatligiga bog‘liq.

Daraxt ildizi — O‘FF...

Ildiz qanchalik baquvvat, sog‘lom bo‘lsa, tanani ham shu qadar kuch bilan tutib turadiki, o‘z navbatida tana shoxlarni o‘z izmida ushlab turishi uchun.

* * *

Bizning daraxtimiz meva (g‘alaba) bermay qo‘yganiga ancha bo‘ldi.

Ko‘pchiligimiz esa, meva tugmayotgan shoxlar (futbolchilar) ga tosh otib, sindirib, tanasi (bosh murabbiy) ga devona kuch bilan bolta urishdan hali hamon charchaganimiz yo‘q...

Asl sabab ildiz (O‘FF) da ekanligini anglagan kamchilik muxlis va jurnalistgarning har qancha o‘tkir qalam (belkurak) lari ildizga qadar yetib bormaydi. Ishlov berilmagan yerimiz (PFL) qotib ketganiga ancha bo‘lgan.

So‘nggi ikki yilga nazar tashlang — endi kurtak ochishni boshlagan shoxlar (Sergeev, Rashidov, Shomurodov) toshbo‘ronda qoldi. Necha yillardan beri xom-pishiq bo‘lsada meva berib turgan shoxlarimiz (Jeparov, Ismoilov, Haydarov) ham «raxmat» deyishga arzigulik hosil bergani yo‘q! O‘n besh yillik, oz bo‘lsada hammasidan totli meva berib turgan shoxamiz (Geynrix) esa axiyri o‘zi istagan va hamma kutgan kattakon meva (mundial) ni berolmay armon bilan kesilib..... yo‘q yo‘q, sinib ketti. Xa, daraxtimizning bu shoxasi shu qadar sobitlik va ishonch bilan o‘sdiki, oxir oqibat tana aybi bilan adashib o‘sib chiqqan yovvoyi novda (Sergeev) o‘rniga ham hosil berishga majbur bo‘ldi. Kecha esa, butun daraxtning quriganiga vijdoni chidamadi chog‘i, bir so‘z demay, indamaygina ketib qoldi.

Achinarli tarafi shundaki, keyingi bahorgacha bugungi eng baquvvat novdalarimiz (Axmedov, Denisov, Nesterov) ham egilib, sinish arafasiga kelib qoladi. Ular har qancha maqtovu olqishlarga, j/ch ga borishga munosib edilar, afsus, lekin futbol shunaqangi beshafqat o‘yin. Chirigan mevalar orasiga bir dona sog‘ mevani qo‘ying — u ham chirib ketadi, savatda yashnab turgan mevalar orasiga bir dona chiriganini qo‘ying — barbir hammasi chiriydi. Shu singari emasmi futboldagi buyuk adolatsizlik?

Javobsiz savollar shu qadar ko‘pki...

Daraxtimizning so‘lib borayotganini ko‘rib turgan bog‘bon (O‘FF prezidenti) nega ildizni qurtlardan tozalamadi, nega vaqt borida tanani kesib yangisini parvarishlamadi? Va meni eng qiziqtirgan so‘rov — «bog‘bon» JAVOBGAR bo‘lgan va qurib borayotgan daraxt shoxlariga xalq tosh otayotganda, u qayerda edi, nega uni hech kim ko‘rmadi? Daraxt panasidamidi u, unga ham otilgan toshlar daraxtga tegishi uchun? Bog‘bon degani ko‘ksini qalqon qilib chiqmaydimi daraxt himoyasi uchun, axir o‘zi parvarishlamaganmi uni?

Bugunga qadar qanchadan qancha zabardast shoxalarimiz sindi, yosh novdalar chirik chiqdi, qolganlarini o‘zimiz kesib tashladik... Biroq ildizga hech kimning qo‘li yetmadi, yetay deb ikki og‘iz gapirganlarni esa u yerga yopishib olib daraxtimizning jonini so‘rib olayotganlar yo‘q qilishdi.

Baribir muammolar borib borib bog‘bon va ildizni kemirayotgan zararkunandalarga taqalaveradi. Yigirma yildan oshibdiki, eski hammom, eski tos — «o‘sha zararkunandalarni bog‘bonni o‘zi qo‘yib yuborgan, biror manfaat bordir balki» deb ham o‘ylab qolasan kishi. Yoki bo‘lmasam u bog‘bon aslida umuman bog‘bon emasmikan...?

Shuncha yildan beri 30 ming so‘mlik chiptani beshdan tortib o‘n barobargacha qimmatiga sotib olib kelgan muxlislarning qarg‘ishi ham nazarimda futbolimizga, futbolchilarimizga tegayotganday. Ildiz (O‘FF) ostida biqinib yotgan qurtlarga jin urarmidi? Yoki chetdan birov kelib chiptalarni qo‘lga chiqarib yuborarkanmi?

* * *

Kecha daraxtimizga yangi bog‘bon tayinlanganmish. Endimi? Janubiy Koreya bilan o‘yindan keyin shuncha yil olma anor deb ishonganimiz chinor bo‘lib chiqqanidan keyinmi? Eski bog‘bon bilan yebto‘ymas qurtlar daraxtimizni quritib, aqalli kimliginiyam bildirmay boshqa daraxt ildiziga qochib qolgandan keyinmi? (Xudo biladi, bitta yarimtasi qolib ketmagan bo‘lsa)

Yigirma yildan beri sadoqat bilan muxlislik qilgan, 700 km uzoqdan kelib chiptani besh barobar qimmatiga olib evaziga bir tishlamgina mevadan bahramand bo‘lmagan mengina nima qilay keyin? Televizorni Futbol TV dan Boks TV ga qanday o‘tkazmay? Qanday qilib stadionga talpingan o‘g‘limni boks zaliga yetaklamay?

Yetar, o‘zim sevgan, shundog‘am malomat toshlaridan barglari to‘kilib ketgan daraxtimga men ham zarofat yetkazmay. U haqda o‘ylaganim, qayg‘urganimdan yozdim bu gaplarni. Andishali xalqmiz, gaplarimiz birovni obro‘siga putur yetkazmasin deymiz, shu sabab qog‘ozga o‘rab, hatto nokas ba’zi birovlarni ham «ildizdagi qurt» deya yumshoqqina nomlab qo‘yaqolamiz. Futbolni yuragi bilan his qiladiganlar kimlar haqida gap ketganini tushunmasdan iloji yo‘q.

Nailoj, yana to‘rt yil sabr qilamiz (bu gapni ilk marta 1997yil eshitgandim) O‘zbek muxlisidek sabrli muxlislar yo‘q dunyoda.

Farid Yusupov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:36, 23.09.2017.
O'qildi: 8901 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.