"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh qishki transfer paytida jamoani tark etmoqchi. Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning ushbu mavsumida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde uni ko‘p maydonga tushirayotgani yo‘q. Manbada aytilishicha, Andre Gomeshga ikkita da’vogar bor: «Yuventus» va «Manchester Yunayted». Ular yanvar oyida futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi.