Yevropa Chempionlar ligasining 2-turida “Liverpul” Moskvada “Spartak” mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda angliyaliklarning yagona goliga mualliflik qilgan Filippe Koutinyo o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Koutinyo “Spartak” darvozasiga 31-daqiqada to‘p kiritgandi. Braziliyalik hujmchi jarima maydonchasida jamoadoshi Sadio Mane bilan “stenka” uslubida raqiblardan o‘tib ketib Artyom Rebrov qo‘riqlayotgan darvozani chiroyli tarzda ishg‘ol qildi.