Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

«Chelsi» bosh murabbiylik uchun sobiq futbolchisini olib kelmoqchi

«Chelsi» bosh murabbiylik uchun sobiq futbolchisini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -6

Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati bosh murabbiylik lavozimiga Filipe Luis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik mutaxassis shu yilning mart oyi boshida «Flamengo» klubini tark etganidan beri ishsiz yuribdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «ko‘klar» mutasaddilari 40 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikka jiddiy nomzod sifatida baholamoqda. Filipe Luis futbolchilik faoliyati davomida Madridning «Atletiko» klubidagi o‘yinlari orqali tanilgan. Qizig‘i shundaki, sobiq chap qanot himoyachisi 2014 yilda «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan, biroq bir yildan so‘ng yana «matraschilar» ixtiyoriga qaytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, London klubi aprel oyi oxirida Liam Rosenyor bilan xayrlashgan edi. Jamoaning yangi doimiy bosh murabbiyi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng tayinlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:20, 10.05.2026.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик