Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Valverde xavotirga tushib qoldi

Valverde xavotirga tushib qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde ishtirokidagi mojaroli voqea futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Urugvaylik futbolchi jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan mushtlashib ketgan.

Turli manbalarga ko‘ra, nizoning kelib chiqishiga aynan Valverde sababchi deb ko‘rilmoqda — u doimiy e’tirozlari bilan fransiyalik futbolchining g‘azabini qo‘zg‘atgan.

Diario AS nashrining xabar berishicha, 27 yoshli Valverde ushbu voqea uning shu paytgacha deyarli benuqson bo‘lgan obro‘siga putur yetkazishidan xavotirda. Futbolchi mazkur mojaro tufayli klub rahbariyati uning «Real»ga sodiqligi va professionalizmiga shubha bilan qarashi mumkinligidan cho‘chimoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun «qirollik klubi» La Liga doirasida safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. «El-Klasiko» Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:14, 10.05.2026.
O'qildi: 5530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик