Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Odil Ahmedov OCHL finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Odil Ahmedov OCHL finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning «Shanxay SIPG» futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi yarimfinali doirasidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

Shanxayga Yaponiya Jey Ligasining «Urava Red» klubi tashrif buyurdi. Uchrashuvda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi — 1:1. Odil Ahmedov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 89-daqiqada o‘z o‘rnini xitoylik jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Tomonlarning javob o‘yini 18 oktyabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. 0:0 hisobidagi durang kunchiqar yurt jamoasi foydasiga ishlaydi. «Shanxay SIPG» final uchun yo zafar quchishi yoki gollarga boy durang qayd etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonlik birorta ham futbolchiga Osiyo Chempionlar Ligasining finalida to‘p surish nasib qilmagan. Odil Ahmedov bu borada birinchiga aylanib olish imkoniyatiga ega.
Yarim finalning ikkinchi o‘yinida «Al-Hilol» yirik g‘alabaga erishdi. Suriya milliy termasi hujumchisi Umar Xarbin unda xet-trikka erishdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
Yarimfinal
27 sentyabr, chorshanba

«Shanxay SIPG» (Xitoy) — «Urava Red» (YAponiya) 1:1

Gollar: Xalk, 15 (1:0). Kashivagi, 28 (1:1).

«Al-Hilol» (Saudiya) — «Persipolis» (Eron) 4:0

Gollar: Umar Xarbin, 31 (1:0). Yosir Ash-SHahroniy, 40 (2:0). Umar Xarbin, 54 (3:0). Umar Xarbin, 81 (4:0).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:46, 28.09.2017.
O'qildi: 6487 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик