Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Oliy liga. “So‘g‘diyona” –“Dinamo” (prevyu)

Oliy liga. “So‘g‘diyona” –“Dinamo” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 23-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davra 8-turida “So‘g‘diyona” Samarqandda “Dinamo”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda Amirjon Safarov 57- daqiqada hisobni ochgan edi.Ko‘p o‘tmay o‘yinning 66- daqiqasida jamoa sardori Sanjar Rashidov hisobni tenglashtirgan edi.84- daqiqada Ixtiyor Toshpo‘latov o‘yindagi hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa,88 -daqiqada Amirjon Safarov gol kiritdi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Shu tariqa bahs 2:2 hisobida yakuniga yetgan edi.

“So‘g‘diyona” o‘tgan turda “Nasaf” ga qarshi qoldirilgan o‘yinni o‘tkazdi va mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Dinamo” o‘z o‘yinda “Bunyodkor”ni mag‘lub eta olmadi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. “Dinamo” 22 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 23 ochko bilan 12-o‘rindan joy olgan.

O‘YINI HASAN RO‘ZIYEV BOSHQARADI

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), O. To‘ychiboyev (Farg‘ona)

Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

O‘zPFL vakili: V. Letkin.

O‘ZARO USTUNLIK

“So‘g‘diyona” hamda “Dinamo” klublari oliy ligada shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 13 ta, “Dinamo” hisobida 17 ta g‘alaba mavjud. 7 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida o‘stunlik “Dinamo” tomonda : 40:58. “So‘g‘diyona” 46, “Dinamo” o‘zaro o‘yinlarda 58 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona”ning eng yirik g‘alabasi 3:1, “Dinamo”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:

01.10.2015 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:2
29.03.2014 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:3

26.05.2013 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 4:3
05.03.2011 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 0:0

14.06.2009 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 3:1
18.11.2008 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:1
16.06.2006 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 0:1

30.04.2005 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:0
06.10.2004 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 2:1

13.04.2002 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 0:0
29.10.2001 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 3:1

29.08.2000 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 3:6
09.10.1999 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 0:0
13.06.1997 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:0
17.10.1996 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 1:1
03.06.1995 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 2:0
30.08.1993 «So‘g‘diyona» — «Dinamo» 0:1
07.05.1992 «So‘g‘diyona» — «Dinamo»2:1

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 18 ta o‘yindan 8 tasida “So‘g‘diyona”, 5 tasida “Dinamo” g‘alaba qozongan. 5 ta o‘yinda durang natijasi qayd etilgan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 29 sentyabr kuni soat 15:30 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 30 sentyabr kuni 17:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.

JAMOA TO‘PO‘RARLARI.

“So‘g‘diyona” jamoa sardori Sanjar Rashidov chempionat to‘po‘rarlar ro‘yxatida 2 o‘rinni egallab turibdi. Uning hisobida 12 ta gol bor. Jamoa hujumchisi Ixtiyor Toshpo‘latov hisobida esa 5 ta gol bor. Azamat Isroilov 2 ta gol,Sardor Eminov,Sarvar Jo‘rayev hisobida 1 tadan gol mavjud.

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 22:10, 28.09.2017.
O'qildi: 2443 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.