"Chelsi"ning sobiq shifokori Yeva Karneyro London jamoasidan ketgani haqida gapirib o‘tdi.
"Men futbolga qaytishni istamadim. Rostini aytaman, o‘tgan mavsumda men deyarli futbol tomosha qilmadim. 2016 yilda men ko‘rgan yagona o‘yinim YECHL finali doirasida bo‘lgan "Real" — "Atletiko" uchrashuvi bo‘ldi.
"Chelsi"dan ketganim meni shokka tushirdi. Bu mening turmush qurib, asal oyiga ketishim oldidan bo‘lgandi", - deydi Yeva.
Karneyroni Joze Mourinyo bilan bo‘lgan mojarodan keyin ishidan bo‘shatishgandi.