“Chelsi” mavsum endigina boshlangan bo‘lsa-da, uy o‘yinlarida juda ko‘p ochko yo‘qotdi. Ya’ni 4 ta uy o‘yinida Konte shogirdlari sakkiz ochkodan mahrum bo‘lishdi (ikkita mag‘lubiyat va bitta durang).
O‘tgan mavsumda “aristokratlar” butun mavsum davomida uy o‘yinlarida olti ochko yo‘qotishgandi (“Liverpul” va “Kristal Pelas”da mag‘lubiyatga uchrashgandi).