Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang o‘z kelajagi haqida xabar berdi.
"Dortmundda baxtiyorman. Ammo mavsum tugagach, nima yuz berishini bilmayman", - dedi 28 yoshli futbolchi FootMercato xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang yozda "Borussiya"ni tark etmoqchi edi. Ammo u PSJ va "Milan" klubiga o‘tolmay qoldi.