Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Bora Milutinovich O‘zbekiston terma jamoasida ishlashi mumkin edi

Bora Milutinovich O‘zbekiston terma jamoasida ishlashi mumkin edi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev 2014 yilning 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan voqeani yodga oldi va bu haqda Facebook sahifasi orqali ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Nikimbayev shu sanada O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va taniqli mutaxassis Bora Milutinovichni uchrashtirish uchun Dohaga uchib borgan. Ikki tomon o‘zaro fikr almashgan va bitta jamoada ishlashga kelishgan. Ya’ni, Milutinovich O‘zbekiston milliy terma jamoasida maslahatchi murabbiy bo‘lib ishlashga rozilik bergan.

Biroq na serbiyalik mutaxassis, na Mirjalol Qosimov va na Alisher Nikimbayevga bog‘liq bo‘lgan sabab tufayli, kelishuv yakuniga yetmay qolgan. Bunga aynan kim sabab bo‘lganini Nikimbayev ochiqlamagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan safarning borish va kelishi uchun Nikimbayev o‘z yonidan chipta xarid qilgan hamda Abu-Dabidan yo‘lga chiqqan. Ko‘rinishidan, O‘FF terma jamoalar markazi o‘sha vaqtlarda Nikimbayevning harajatlarini ko‘tarmagan. «Bu — so‘nggi yillarda bizning futbolda kim va qay tariqa ishlagani haqidagi kichik fakt edi», — deb yozgan Nikimbayev.

Bora Milutinovich bir emas, besh terma jamoa bilan Jahon Chempionatida ishtirok etgan dunyoning yagona murabbiyi hisoblanadi: Meksika (1986), Kosta-Rika (1990), AQSH (1994), Nigeriya (1998) va Xitoy (2002).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:24, 04.10.2017.
O'qildi: 10075 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик