"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea o‘z klubini yaxshi ko‘rishini yashirmadi. David "Manchester Yunayted" safida o‘ynash - katta orzu ekanligini aytib o‘tdi.
"Barcha yosh, kichik bolalar uchun "Manchester Yunayted" safida o‘ynash - katta orzu. Buyuk tarix, futbolchilar, shu klub orqali mashhur bo‘lganlar sababli ham "MYU" dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri.
Oldin ham aytganimdek, mening ham yoshligimda "Manchester Yunayted" safida o‘ynash orzuim bo‘lgan", - deydi De Xea.