Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Jahannamga xush kelibsiz» yoxud «Beshiktosh»ning uy arenasi haqida

«Jahannamga xush kelibsiz» yoxud «Beshiktosh»ning uy arenasi haqida

Baho:
+ | -

CHL guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Beshiktosh» - «RB Leypsig» o‘yini 2:0 hisobida mezbon jamoa g‘alabasi bilan yakunlandi.

Istanbulda joylashgan «Vodafon Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvda diqqatni tortadigan 2ta voqea kuzatildi. Birinchisi - mehmonlar vakili Timo Verner tribunalar shovqiniga chidolmadi, ikkinchisi - chiroqlar kutilmaganda o‘chib qoldi...

«SE» nashrining quyidagi maqolasi shular haqida.

Atrofda shovqin

«Jahannamga xush kelibsiz» - bu yozuv Istanbuldagi «Ali Sami Yen» arenasi kirish darvozasini «bezab» turardi. Ya’ni 2011 yilga qadar ushbu arenadan foydalangan «Galatasaroy» klubi raqiblarni shunday «muloyim»lik bilan qarshi olardi. Poytaxt jamoasining yangi uy stadioni - «Turk Telekom Arena» ehtiroslar tug‘yoni bobida o‘z vorisidan sira qolishmaydi. Biroq joriy mavsum Yevropani turk «jahannami» bilan tanishtirish boshqa stadion - «Vodafon Arena» chekiga tushdi. Ochig‘i, Turkiyaning amaldagi chempioni maydonidagi uchrashuv ishtiyoqli «RB Leypsig»ga haqiqiy sinov onlarini taqdim etdi. Hakamning start hushtagi chalingani hamono «Vodafon Arena» tribunalarida shunday shovqin ko‘tarildiki, ta’bir joiz bo‘lsa, nemis klubi vakillari quloqlarini qo‘llari bilan bekitib olishdan o‘zga chora topolmadilar, go‘yo. Ayniqsa, hujumchi Timo Verner juda qiynaldi - yuqori desibel (shovqin o‘lchovi)ga moslasholmasligini tushungan 21 yoshli futbolchi quloqqa qo‘yiladigan maxsus himoya vositasi (ovoz pasaytirgich) so‘radi, biroq uning nafi ham sezilmadi, shekilli. Xullas, o‘zini yomon his etgan Verner 32-daqiqada murabbiylar shtabidan o‘rniga zaxiradan futbolchi tushirishini iltimos qildi. O‘yindan keyin futbolchi yuzaga kelgan holatga alohida to‘xtaldi: «Umrim bo‘yi hech qachon bunday manzarani ko‘rgan emasdim. Tan olaman, barchasidan ko‘z yumib, o‘yinga e’tibor qaratish uddasidan chiqolmadim. Hattoki, maxsus vosita ham yordam bermadi. Ishoninglar, haligacha o‘zimni noxush sezyapman». «Leypsig» bosh murabbiyi Ralf Xazenxyutl  esa shunchaki, shogirdi yonini oldi:  «Futbolchilarni bunday holatga tayyorlash - ilojsiz ish. Odamni kar qiladigan shovqin va tan olaman, u boshida butun jamoamni izdan chiqardi...».

Ichkari yorug‘, faqat...

«Eshitish» qobiliyatidan mosuvo bo‘lgan «Leypsig» barchasiga qiyinchilik bilan moslashgunicha mezbonlar bir qator xavfli hujumlar tashkil etib, tanaffusgacha 2ta gol quvonchini tuyishdi. Muxlislar ikkinchi 45 daqiqalikda gol ko‘rishmadi, ammo CHL oqshomining o‘zgacha go‘zal lahzalari ishtirokchilariga aylanishdi. Gap shundaki, o‘yin davom etayotgan pallada «Vodafon Arena» chiroqlari va projektorlari kutilmaganda, o‘chib qoldi. Natijada maydonni zulmat qopladi va bosh hakam Sergey Karasyov jamoalarni chetga chiqardi. Shu tariqa o‘yin naq 12 daqiqa to‘xtab qoldi. Bu vaqtda tribunalarda ajib bir manzara yuzaga keldi - smartfonlar ekranlaridan taralgan turli-tuman nurlar yog‘dusi. Bu manzara ko‘zda tutilmagan tanaffusni yana biroz cho‘zishga ham arzirdi. Elektr ta’minotidagi uzilish sabablari bartaraf etilib, projektorlar qayta nur sochgach, futbolchilar o‘yinni davom ettirishdi va «Beshiktosh» ijobiy natijani saqlab qolib, «G» kvarteti peshqadami bo‘lib oldi. «Vodafon Arena» esa Turkiyada allaqachon ommalashgan o‘ziga xos shiorni o‘ziniki qildi - «Jahannamga xush kelibsiz».

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:54, 05.10.2017.
O'qildi: 7052 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.