Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

«Sementchi» - maqsad sari tobora yaqinlashib bormoqda!

«Sementchi» - maqsad sari tobora yaqinlashib bormoqda!

Baho:
+1 | -

Ushbu mavsumda o‘z oldiga Oliy Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdek ulkan maqsadni qo‘ygan Quvasoyning “Sementchi” jamoasi o‘z maqsad yo‘lida xech kimni ayab o‘tirgani yo‘q! Bu ulkan vazifani amalga oshirish uchun bor yo‘g‘i bir necha qadam qoldi xolos!

Kecha O‘zbekiston birinchiligi 30-tur uchrashuvlari doirasida Quvasoyda bo‘lib o‘tgan Yangiyerning “Yangiyer” jamoasiga qarshi uchrashuvda ham “Sementchi” yirik 4-0 xisobi bilan navbatdagi g‘alabani nishonladi!

Sharroz yog‘ib turgan yomg‘ir ham “Sementchi”ning g‘alaba qozonishiga qarshilik ko‘rsata olmadi! Xavoning bunday injiqliklariga qaramay quvasoylik muxlislar “Sementchi”ni qo‘llab quvvatlab turish maqsadida stadionni deyarli to‘ldirib turdilar.

Taym boshidan boshlab jamoadoshlarimiz birin ketin hujumlar uyushtira boshladilar. Bu kabi xolatga yangiyerliklar 38 daqiqa qarshilik ko‘rsata olishdi.

Aynan uchrashuvning 38 daqiqasida Abdul Aziz Yusupov sheriklari tomonidan uzatilgan to‘pni boshi bilan ajoyib  tarzda mexmonlar darvozasiga joylab qo‘ydilar va “Sementchi”nihisobda oldinga olib chiqdi.

Kiritilgan goldan yangiyerliklar hali o‘zlariga kelib ulgurmay, oradan 2 daqiqa o‘tib, ya’ni 40 daqiqada Davron Isoqov birga bir vaziyatga chiqib bordi va bergan zarbasini darvozabon mahorat ko‘rsatib qaytarib qoldi, qaytgan to‘pni esa o‘z vaqtida paydo bo‘lgan Sanjar Zokirov darvozaga joyladi, hisob 2-0.

Jamoalar ushbu hisob bilan tanaffusga chiqib ketdilar. Ikkinchi bo‘limda xuddi taqdirga tan bergandek yomg‘ir xam yog‘ishdan to‘xtadi. Bu esa ikkinchi bo‘limni yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi. Davron Isoqov, Jamshid Qobulov, Abdul Aziz Yusupov, Abbos Jumakulovlar bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsalar Aybek Nurbayevning bosh bilan kiritgan goli o‘yindan tashqari xolatda kirildi deb xakam tomonidan hisobga olinmadi.

Uchrashuvning 73-daqiqasiga kelib mehmonlar darvozasi tomon birin ketin uyushtirilayotgan o‘ta xavfli hujumlardan birini Anvar Rahimov gol bilan yakunladi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Tinib tinchimas hujumchi Abdul Aziz Yusupov 85 daqiqada dubl qayd etib,hisobni yanada yirikroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ldi.

Shu tariqa “Sementchi” o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va zimmasidagi vazifani yanada yengillashtirishga erishdi.

30-tur 6 oktyabr (juma)

«Sementchi» (Quvasoy) – «Yangiyer» (YAngiyer) 4:0

Gollar: AbdulAziz Yusupov (38, 85) Sanjar Zokirov (40)  Sanjar Zokirov (73)

Hakamlar: E. Tursunov (Buxoro), O. Qosimov (Toshkent), SH. Maksudov (Toshkent)

«Sementchi»: 1. Farruh Turdaliyev 3. Oqilbek Mahmudov 4. Rahmatillo Meliboyev 8. Anvar Rahimov 9. Davron Isoqov 10. AbdulAziz Yusupov 13. Jamshid Qobulov 14. Ma’ruf Zokirjonov 18. Sanjar Zokirov 22. Shaxzod Abdurahimov  24. Mamatvali Nuriddinov

Zahira: 16. Ilhom Jumanov  6. Otabek Ahmadjonov 11. Abbos Jumaqulov 17. Sunnatillo Ermatov 19. Daniel Nasriddinov 23. Aybek Nurboyev 27. Davron Mamatov

«Yangiyer»: 12. Xusan Olimjonov  2. Artur Mamatkazin, 7. Timur Miftaxutdinov 14. Akbarali Sattayev 17. Elbek Jumanov 18. Amirxon Ibrohimov 21. Faxriddin Xonkeldiyev   22. Bunyod Shodiyev 27. Ma’ruf Toshev 24. Abdumutal Tursunqulov 31. Shaxzod G‘ofurbekov

Zahira: 1. Javohir Komilov 6. Asiljon Mansurov 13. Avazbek Suyundikov 14. Xusan Rasulov 11. Abror Hakimov 26. Sharif Aytbayev 28. Xusan Rasulov

“Sementchi” navbatdagi muxim uchrashuvlarini 12 oktyabr kuni Farg‘onada “Istiqlol” jamoasiga, 15 oktyabr kuni esa Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Navbatdagi xar ikkala finalga teng uchrashuvlarda jamoamizga omad tilaymiz !

Ishonamizki ushbu uchrashuvlarda xam muxlislarimiz jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymaydilar!

Maqsad sari olg‘a “Sementchi”!!!

“Sementchi”  Matbuot kotibi, Zuhriddin Abdullajonov

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:24, 07.10.2017.
O'qildi: 4116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.