Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Mirjalol Qosimov: «Dinamo» 10 kishi bo‘lsada, oxirigacha kurashdi»

Mirjalol Qosimov: «Dinamo» 10 kishi bo‘lsada, oxirigacha kurashdi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Bunyodkor» (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun faqat finalga chiqishni istagan edik. O‘ylagan va ko‘zlagan maqsadimizga yetishganimiz albatta xursand qiladi. O‘yin har ikkala jamoa uchun juda muhim edi. Maydonda keskin kurash kechdi va shu boisdan kartochkalar ko‘payib ketdi. Bosh maqsad sari yana bir qadam odimladik.

- Uch hafta oldin Samarqandda chempionat doirasida xuddi shu hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan edingiz. O‘yin jihatdan qanday farq bo‘ldi bugun?

- Katta farq bo‘lmadi. Avvalo u chempionat edi, bugungisi esa finalga yo‘llanma beruvchi kubok o‘yini. Kubok yutishni har bir futbolchi orzu qiladi. Shu bois bugungi bahs ancha jangovar o‘tdi. Chunki, faoliyatidan keyin futbolchida qoladigan narsa eng avvalo uning yutuqlari, sovrinlari bo‘ladi. Shu bois, «Dinamo» bugun 10 kishi bo‘lib qolgan bo‘lsa ham oxirigacha kurash olib bordi.

- «Bunyodkor» aynan sizning qo‘l ostingizda jiddiy o‘zgardi. Klubda ishni avvalo nimadan boshlagan edingiz?

- Avvalo, har bir futbolchi bilan alohida gaplashib oldik, ruhiy jihatdan tayyorladik. Ular futbol kasbini tanlashgan ekan, futbolda o‘zlariga yarasha iz qoldirishlari kerak ekanligini tushuntirdim. Futbolchi sifatida shunchaki o‘tib ketish bo‘lmaydi. Nimagadir erishish uchun intilib, harakat qilish shart. Avvalo men uchun emas, o‘zlari va muxlislar uchun ham chiroyli o‘yin namoyish etib, natijaga erishishlari kerak. Vaqti kelib farzandlari «futbolda nimaga erishgansiz?» deyishsa uyalib qolishmasligi lozim.

- Finalda «Nasaf» yoki «Lokomotiv» sizga raqib bo‘ladi. Kimga qarshi o‘yin ko‘proq nuqulaylik tug‘dirishi mumkin?

- To‘g‘risini aytsam, meni hozir ko‘proq chempionat doirasidagi «Metallurg»ga qarshi o‘yin o‘ylantirmoqda.

- Jamoa o‘yin oxirida natijaga erishgach, xotirjamlikka berilayotgandek…

- Jamoa hisobda oldinga chiqib olganidan keyin o‘yinni bo‘shashtirib yuborayotgani bizning eng og‘riqli nuqtamiz hisoblanmoqda. Aynan shu ustida ish olib borilmoqda. Bu narsa bizga Navoiyda pand bergandi. Bu kamchilik bugun ko‘p ham ko‘zga tashlanmadi. Shu muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish olib boryapmiz.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:22, 07.10.2017.
O'qildi: 4223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик