Gollandiya terma jamoasi sardori Aryen Robbenning fikricha, jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qo‘ldan ketib bo‘lgan.
“Hammasi juda qiyin. Bu sportning bir qismi. Shvesiyani 7:0 hisobida mag‘lub etib bo‘lmaydi. Biz ular Lyuksemburgga 8 ta gol urganini eshitganimizdayoq barchasi murakkablashganini tushungandik”, dedi Robben.