Hozirda Angliya Premyer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Brentford" uchrashuvi davom etmoqda.
Bahsni hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘tkazib yubormoqda. U qaydnomaga kiritilmagan.
X ijtimoiy sahifasidagi City Xtra nashri xabariga ko‘ra, hamyurtimiz "Everton"ga qarshi o‘yinda (3:3) kuchli zarba qabul qilib olgan. U ehtiyot chorasi sifatida bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.













