Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Karim Benzema: «Hujumchi gol urish uchungina kerakmi?»

Karim Benzema: «Hujumchi gol urish uchungina kerakmi?»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bordir, Karim Benzema yaqinda «Real» bilan shartnomasi muddatini 2021 yilgacha uzaytirdi.

Fransiyalik hujumchi shu munosabat o‘laroq, maxsus matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi. U xususan, faoliyatiga aynan «Madrid»da nuqta qo‘yish haqida o‘ylayotganini yashirmadi.

Shuningdek, jamoa hujum chizig‘ida tutgan o‘rniga to‘xtalib, ancha omadsiz boshlangan joriy mavsum bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi.

Hissiyotlari. «Bag‘oyat baxtiyorman: ortga nazar solar ekanman, vaqt juda tez o‘tib ketayotganini anglayman, shuning barobarida «Madrid»dagi faoliyatim bilan faxrlanaman.

Sovrinlar yutishda davom etish uchun bor kuch bilan ishlashga tayyorman. Zero, dunyodagi eng kuchli klub safida o‘ynayapman».

Omadsiz start. «Ha, milliy chempionat o‘yinlarini muvaffaqiyatli  boshlay olmadik, ammo xavotirlanishga asos yo‘q - har qanday top-klub ba’zan shunday holatga tushishi mumkin.

Shaxsan men jamoaga ishonaman: biz yaxshi sport formasidamiz, barchamiz yakdil ishlayapmiz. Xullas, bu boshlanishi, xolos. To‘g‘ri, boshidayoq yetakchini ancha oldinga o‘tkazib yubordik, ammo jamoamiz - «Real Madrid».

Shunday ekan, barchasini hali o‘z o‘rniga keltira olamiz. Bilasiz, avvalgi mavsumda ko‘pgina sov­rinlarga ega chiqdik. Shu fakt ham keyingi o‘yinlarda joriy chempionat avvalidagi yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirishimizni taqozo etadi».

Tanqid. «Tanqid - hayotimning bir qismi: aynan salbiy baho meni o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlash va mukammallik sari intilishga undaydi.

Umuman, «Madrid» futbolchilari tez-tez tanqidga duch kelishadi va bunda vahimali tomoni yo‘q. Muhimi, hamon shu yerdaman va ishlayapman. Tanqid qilishyaptimi, demak, mendan yanada ko‘prog‘ini kutishadi».

Hujumchilar yetishmasligi. «Bizda hujumchilar yetarli yoki yo‘qligi masalasida aniq fikr aytolmayman - bu bosh murabbiyga taalluqli savol. Deylik, men maydonga tushmasam, oldingi chiziqda Krishtianu Ronaldu yoki boshqa bir futbolchi bemalol harakatlanaveradi.

Qolaversa, bosh murabbiy sxemani o‘zgartirib, 4-3-3 chizmasi yoki ikki hujumchi bilan o‘ynash uslubini qo‘llashi mumkin. Bu mavzu bot-bot muhokama qilinayotgani so‘nggi o‘yinlardagi salbiy natijalarga bog‘liq, albatta.

Fakt shuki, tarkibimiz a’lo darajada va hujum chizig‘i ham hali o‘zini to‘liq ko‘rsatishiga shubhalanmayman».

Yangi shartnoma. «Bu men uchun juda muhim: faoliyatimni «Madrid»da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan baxtiyorman. Qaytaraman, «Real» - dunyodagi eng zo‘r klub.

Bu yerda o‘ynash og‘ir, axir hamma jamoadan eng yuqori natijalarni kutadi. Shu bois, ozgina omadsizlik kuzatilsa, futbolchilar boshiga darhol tan-qidlar yog‘iladi. Har qanday holatda ham, olg‘a intilishimiz shart. Muhimi, o‘z ishimizni a’lo darajada uddalay olishimizni bilamiz.

Menga shunday jamoaning asosiy tarkibida o‘ynab, ko‘plab zafarlarni tantana qilish baxti nasib etdiki, bu yoqimli yurish hali ancha bardavom bo‘lishi yo‘lida bor mahoratimni ishga solaman».

Eng yaxshi va og‘ir mavsum. «Men uchun eng og‘iri - Madriddagi birinchi mavsum. Axir jamoa safiga qo‘shilganimda, 21 yoshli yigit edim va «Madrid» haqida aytarli hech narsa bilmasdim.

Tan olaman, barchasiga moslashishim qiyin kechdi, chunki ispan tilini tushunmasdim. Yangi muhitga muammosiz kirishib ketish uchun esa futbol o‘ynashning o‘zi kamlik qiladi. Yaxshi mavsumlarga kelsak, ular ko‘p.

Masalan, o‘tgan yil chinakamiga rohatlandik, mavsum-2011da ham».

Oxiriga qadar «Madrid»da o‘ynash orzusi. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 09.10.2017.
O'qildi: 5012 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.