Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Sherzod Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Sherzod Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining tarkibiy tuzilmasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar doirasida xalqaro bo‘lim tubdan isloh qilindi. Shu paytgacha xalqaro bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aleksandr Davidenko va uning yordamchisi Sherzod Egamberdiyevlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Xalqaro aloqalar boshqarmasi sifatida yangi tashkil qilingan strukturaga Olim Arifov rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Olim Arifov 1987 yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Futbol Federasiyasida 10 yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida erkin so‘zlasha oladi.

Olim Arifovning yordamchisi sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan sport federasiyalarida ishlab kelgan Diyor Isomiddinov ish boshladi.

Hozirgi kunda xalqaro aloqalar boshqarmasining boshqa lavozimlariga ham yangi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:39, 13.10.2017.
O'qildi: 6070 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик