Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL tarixidagi antirekordchilarni bilasizmi?

APL tarixidagi antirekordchilarni bilasizmi?

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» uchun joriy mavsum starti dahshatli tushdek bo‘ldi - jamoa chempionatning dastlabki yettita turida biror marta gol ura olmadi.

Premyer-liga tarixida bunaqasi kuzatilmagandi. E’tiborlisi, «burgutlar» bosh murabbiy almashganidan keyin ham darvozalaridan ko‘p to‘p o‘tkazib yuborishmoqda.

«Chelsi»ga qarshi bahsda esa «Kristal Pelas» muxlislari ancha yengil tortishgan bo‘lsa ajabmas. Chunki jamoa qoqilib-qoqilib, keyinchalik amaldagi chempionni taslim qilishdi.

Keling, yaxshisi, quyidagi ro‘yxatga nazar tashlab, tumanli o‘lkada turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha antirekord qayd etayotganlar bilan tanishamiz.

«Chelsi» - ogohlantirishlar ko‘p

O‘z vaqtida, Arsen Vengerning «Arsenal»i Angliya chempionatida eng ko‘p ogohlantiriladigan jamoa edi. Martin Kioun hamda Patrik Viyeyra singari futbolchilar bir o‘yinda ikkitalab sariq kartochkaga munosib ko‘rilardilar.

Ammo hech qaysi klub hozircha «Chelsi»ning bu boradagi antirekordini yangilay olmadi. Ayni paytga kelib, hakamlar «aristokratlar»ni 1547 marta «siylashgan».

Grem Le So hamda Jon Obi Mikel» «sa­riq»­lar kolleksiyasini to‘ldirishga katta «hissa» qo‘shishgan.

«Arsenal» - boy berilgan o‘yinda yaratilgan golli vaziyatlar

Ha, bugungi ro‘yxatning «kanonir­lar»ga tegishli bandi ham bor. 2007 yili «Vest Xem» «Arsenal»ni «Emireyts»da mag‘lubiyatga uchratgan. «Bol­g‘achilar» shu tariqa Arsen Venger shogirdlarini yangi stadiondan sovutishgandi.

Alan Kerbishli boshchiligidagi «Vest Xem»ning o‘sha paytda qayd etgan seriyasini xalqda Great Escape deb atashgandi. Ammo antirekord asoschisi aynan «to‘pchilar» bo‘lishgan:

raqib darvozasi oldida 35ta golli vaziyat yaratishganiga qaramay, yagona xavfli hujumni o‘tkazib yuborib, 0:1 hisobida yengilganlar.

Darvoqe, «Arsenal» 4:0 hisobida oldinda borib, yakunda yutqazgan yagona klub hisoblanadi. Bu voqea 2011 yili «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsda ro‘y bergan.

«Nyukasl» va «Vest Xem» - bir o‘yinda eng ko‘p chetlatish

«Arsenal»ni ranjitgan ikki jamoa ham antirekordchilar ro‘yxatidan joy olishdi. Bir o‘yinda olingan bitta qizil kartochka - xato, ikkitasi - katta tavakkal, uchinchisi esa - parokandalik.

«Nyukasl» vakillari Li Boyer hamda Kiron Dayerning maydonda qanday «karomat» ko‘rsatishgani ko‘pchilikning yodida. O‘shanda «zag‘izg‘onlar» o‘sha voqea ro‘y bergunga qadar shundoq ham o‘n kishi qolib, «Aston Villa»ga 0:3 hisobida yutqazishayotgandi.

Bularning bari 2005 yili sodir bo‘lgandi. 1995 yilda esa «Vest Xem» ishtirokidagi bahsda shunday holat kuzatilgan. «Lids Yunayted» bilan o‘yinda dastlab Ian Rayt 16 daqiqa ichida ikkita «sariq» olib, maydonni hammadan oldin tark etgan, ko‘p o‘tmay uning safiga Shaka Xislop hamda Stiv Lomas qo‘shilishgandi.

O‘z o‘rnida 1998 yili «Barnsli»ning ham «Liverpul»ga qarshi bahsni sakkiz futbolchi bilan yakunlaganini eslatib o‘tmoqchimiz.

«Everton» - eng ko‘p avtogol

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:58, 20.10.2017.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик