London shahrida FIFAning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi — The Best boshlandi. Dastlabki sovrin o‘z egasiga topshirildi.
Pushkash nomidagi yilning eng chiroyli goli sovrini "Arsenal" hujumchisi Olivye Jiruga nasib etdi. Fransiyalik futbolchi APL doirasida "Kristal Pelas" darvozasiga chayon-gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu sovringa, shuningdek, Deyna Kastelyanos (Venesuela U-17 qizlar terma jamoasi) va Masuluke Oskarine («Baroka») hvs da’vogarlik qilishgandi.