Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Paxtakor" - "Bunyodkor". Uchrashuv prevyusi

"Paxtakor" - "Bunyodkor". Uchrashuv prevyusi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 26-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

"Bunyodkor"ga qarshi o‘yinlar hamisha keskin kurashlar ostida kechadi. Ilk derbilardanoq bellashuvlar katta qiziqish keltirib chiqargan. Bu safar ham mustasno bo‘lmasligi aniq. Jamoalar sovrinli pog‘onalardan o‘rin olish va Chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kurash olib borishmoqda. O‘yinda diskvalifikasiya sababli maydonga tusha olmaydigan futbolchilar yo‘q.

Oliy ligada jamoalar 21 uchrashuvda maydonga tushishgan. Jamoamiz 5 bellashuvda zafar quchgan, 9 o‘yinda durang natija qayd etilgan va 7 to‘qnashuvda "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. 19 gol urgan "Paxtakor" darvozasidan 25 to‘p olib chiqqan. Uydagi uchrashuvlarda 3 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Bellashuvda Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Oliy ligada Asimov jamoamiz ishtirokidagi 15 o‘yinni boshqargan. Ularda "Paxtakor" 10 g‘alaba va 1 durangga erishib, 4 mag‘lubiyatga uchragan. Joriy mavsum "Neftchi" dog‘da qoldirilgan va "Sho‘rtan"ga imkoniyat boy berilgan uchrashuvlarni Asimov boshqargan.

"PAXTAKOR" – "BUNYODKOR"
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent), Akobir Shukurullayev (Toshkent).
Nazoratchi: Farhod Abdullayev (Toshkent).
PFL vakili: Noil Lutfulin.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 25 oktyabr, chorshanba kuni 15:00da "Jar" stadionida start oladi. Asosiy jamoalar o‘yini 26 oktyabr, payshanba kuni 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:54, 24.10.2017.
O'qildi: 5558 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик