Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Futbol tarixidagi eng sevimli 50ta forma (2-qism, fotogalereya)

Futbol tarixidagi eng sevimli 50ta forma (2-qism, fotogalereya)

Baho:
+-1 | -

Avvalroq FourFourTwo jurnali tomonidan sport brendlari maslahatchisi Nil Xerd yordamida tuzilgan alohida reyting haqida ma’lumot bergandik.

Aniqrog‘i, futbol tarixida ko‘pchilik e’tiboriga tushgan eng chiroyli 50ta formaning 23tasi bilan tanishtirgandik. Demak, bugun reyting bo‘yicha yuqorilab,  1-27-o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan futkolkalarga to‘xtalamiz.

27-o‘rin - «Nagoya Grampus» (1994-1995, uy uchrashuvlariga mo‘ljallangan forma). Gari Lineker faoliyati Yaponiyada ufqqa botgan.

Ingliz futbolchisi xayrlashuv bahonasida yapon xalqining badiiy va dizaynerlik an’analari bilan ham yaqindan tanishgandi.

26-o‘rin - «Marsel» (1971-1972, uy uchrashuvlariga mo‘ljallangan forma). Alohida aytish kerak, bu zamonaviy talqinda ishlangan ilk futbolkadir.

Deylik, «Marsel» formasida bosh homiy logotipi va brend ramzi joy olgandi.

25-o‘rin - Argentina termasi (1986, uy uchrashuvlariga mo‘ljallangan forma).

Argentinaliklar shunday libosda harakatlanib, jahon chempioni bo‘lishgan, Diyego Maradona esa inglizlar darvozasiga o‘zining eng mashhur 2ta golini yo‘llagan - aqlni shoshirib qo‘yadigan darajadagi yurishidan keyin va «Ilohiy qo‘l» yordami bilan.

24-o‘rin - «Korintians» (1982-1983, uy uchrashuvlariga mo‘ljallangan forma). Hamma gap «Demokratiya» yozuvi vositasida bildirilgan siyosiy qarashda.

San-Paulu klubi inqirozlar to‘lqiniga duch kelgach, barcha muhim masalalar xodimlar o‘rtasida ovoz berish yo‘li bilan hal etilayotgandi. Jamoa tarixidagi ushbu qiziqarli davr «Korintianscha demokratiya» nomini oldi.

23-o‘rin - «Fiorentina» (1996-1997, safar uchrashuvlari uchun mo‘ljallangan forma). «Fiorentina»ning top-reytingga tushgan ikkinchi formasi.

Bunisida asosan mashhur Mario ulushi katta.

22-o‘rin - Fransiya termasi (2011-2012, safar uchrashuvlari uchun mo‘ljallangan forma).

Breton chizig‘i hech qachon modadan tushmaydi, xususan, fransuzlar ham yo‘l-yo‘l maykani tanlab adashmadilar.

21-o‘rin - «Yuventus» (1983-1984, uy uchrashuvlariga mo‘ljallangan forma). DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:50, 25.10.2017.
O'qildi: 7810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик