Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Oliy Liga. «Qo‘qon-1912» Toshkentda «Lokomotiv»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Oliy Liga. «Qo‘qon-1912» Toshkentda «Lokomotiv»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Uchrashuvni maydon egalari faol tarzda boshlashdi. 5-daqiqada “Loko” futbolchilari xavfli hujumi tashkil etishdi. Aziz Ashurov o‘z o‘rnida. 9-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda “Loko” futbolchilari hisobni ochishdi. Marat Bikmayevning zarbasini himoyachimiz qaytarishga harchand urinmasin, to‘p darvoza to‘ridan o‘rin oldi. Gol Murod Xolmuhammedov hisobiga yozildi. Aniqrog‘i, avtogol qayd etildi.  Oradan bir daqiqa o‘tib endi futbolchilarimiz gol urishga yaqin kelishdi. Nesterov so‘nggi pallada to‘pi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17-daqiqada futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Mezbonlarni darvoza to‘sini goldan saqlab qoldi.

29-daqiqada mezbonlar ikkinchi to‘pni kiritishlari mumkin edi. Bikmayevning zarbasi Ashurov bizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

Birinchi bo‘limning 43-daqiqada himoyachilarimizdan qochib ketgan Marat Bikmayev kuchli zarbasi bilan Ashurovni dog‘da qoldirdi – 2:0.

Uchrashuvning birinchi qismi shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi taymni faol boshladik. Ilk hujumimiz muvafaqqiyat keltirishi mumkin edi. Birinchi vaziyatda hujumchimiz to‘pga yetib kela olmagan bo‘lsa, keyingi vaziyatda darvozabon “Loko”ni goldan qutqarib qoldi. Bugungi uchrashuvni  O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita stadionda kuzatib borganini e’tirof etish joiz. Yuriy Sarkisyan ham Lokomotiv stadioniga kelgandi u Qo‘qonlik muxlislar tarafga kelib omad tiladi.

60-daqiqada Masharipov himoyachilarimizdan qochib ketib, to‘pni Ashurovning ustidan tashlamoqchi edi. Aziz to‘g‘ri joy tanlagani bois to‘pni o‘shlab oldi. 62-daqiqada mezbonlar uchinchi to‘pni kiritishdi. Sardor Mirzayevning zarbasidarvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Shoahmedov darvozamizga aniq yo‘lladi – 3:0.

67-daqiqada To‘p “Lokomotiv” o‘yinchisining qo‘liga tekkan edi. Hakam penalti berishga jur’at qila olmadi. 80-daqiqada maydon egalari to‘rtinchi to‘pni kiritishgandi. Raqib futbolchisi o‘yindan  tashqari holatda qolib ketgani bois gol inobatga olinmadi.  89-daqiqada Xolmuhammedovning jarimadan tepgan ajoyib zarbasini Nesterov katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

Oliy liga, 26-tur.

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – 3:0 (2:0)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), A. Risqullayev (Toshkent).

Nazoratchi: SH. Jumayev (Qarshi).

PFL vakili: S. Rizayev.

Gollar: Murod Xolmuhammedov (9 avtogol), Marat Bikmayev (42), Sanjar Shoahmedov (63).

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 9, Ikrom Aliboyev (18. Timur Kapadze-71), 10. Marat Bikmayev, 11, Sadriddin Abdullayev, 15. Sardor Mirzayev (22. Murod Bobojonov-79), 17. Salim Mustafoyev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Shuhrat Maxammadiyev, 37. Sherzod Fayziyev, 55. Sanjar Shoahmedov, 77. Diyor Turopov (99. Jaloliddin Masharipov – 50).

Zaxira: 12. Ma’mur Ikromov, 5. Kaxi Maxaradze, 33. Oleg Zoteev, 42. Muhammad Kone.

Qo‘qon-1912: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiyev (17. Avaz Mamatxo‘jayev – 61), 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov (96. Muhammadanas Hasanov - 43), 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (4. Bahodir Akramov-64), 99.Filip Rayevas.

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 11.Andrey Sidorov, 25. Iqbol Malikjonov, 97. Oybek Rustamov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 18:13, 25.10.2017.
O'qildi: 3643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.