Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Ukrainaga velosipedda borib, «Paxtakor-79»ni xotirlab kelgan muxlis kechinmalari...

Ukrainaga velosipedda borib, «Paxtakor-79»ni xotirlab kelgan muxlis kechinmalari...

Baho:
+1 | -

«Paxtakor-79» yigitlarining olislarda qolib ketgan qabrini ziyorat qilishni anchadan buyon dilga tugib yurgan edim.

Ko‘p yillar shu haqida o‘yladim. Ammo bu ishni boshqacharoq amalga oshirishni rejalashtirgandim.

O‘zim jurnalistman, bir vaqtlari radioda ishlaganman. Ustoz Axbor Imomxo‘jayevning birinchi shogirdlaridanman. Shuningdek, Shoabdulla Muhammadjonov, Azim Alimov, marhum ustozlar Roman Turpishev, To‘lqin Ilhomov va Tal’at Obidovlar ham jurnalistika sohasiga kirib kelishim va qalam tebratib, mikrofonni qo‘lga olishimda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishgan.

Xullas, eslab qolishga arziydigan nimadir qilishni juda xohladim. Ukrainaga shunchaki, poyezd yoki samolyotda borib-kelishni istamasdim.

Nihoyat, safarga velosipedda chiqishga qaror qildim. «Paxtakor-79» ziyorati uchun amalga oshirgan sayohatimni Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi hamda O‘zbekiston va Ukraina do‘stlik jamiyatining 25 yilligiga bag‘ishladim.

TAYYORGARLIK

Velosipedim har qancha zamonaviy va sifatli bo‘lmasin, 4 ming kilometr yo‘l bosib o‘tish oson ish emas. Buning uchun yaxshi taraddud ko‘rish talab etiladi.

Hali amalga oshishi dushvor bo‘lgan ishni oldindan e’lon qilishni istamadim. Shuning uchun tayyorgarlikni imi-jimida olib bordim.

Avvaliga Toshkent ko‘chalari bo‘ylab velosipedda sayr qilib turdim. Bora-bora ushbu sayr­lar 100 kilometrlik marshga aylandi.

Sirg‘alidan to Yunusobodning eng chekka nuqtasigacha borib kelish bilan boshlangan mashg‘ulot Chirchiq, G‘azalkent va Olmaliq shaharlariga uyushtirilgan sayohatga ulanib ketdi.

Keyinchalik Qozog‘istonga ham borib keldim. Mana shu safarlar vaqtida o‘zimga bo‘lgan ishonchim ham oshib bordi.

Biroq jismoniy tayyorgarlik o‘z yo‘liga, bu qadar uzoq yo‘lga chiqishning boshqa jihatlari ham talaygina edi. Eng avvalo, rejamni amalga oshirish uchun xarajatlar masalasini hal qilish lozim edi.

Yana to‘rtta davlat chegarasidan o‘tish uchun ko‘p hujjat kerak bo‘ladi. Shu masalada Milliy Olimpiya qo‘mitasiga murojaat etgandim, ushbu tashkilot moliya­viy jihatdan biroz yordam berdi.

Safarni niyat qilgandan buyon pul jamg‘arib kelayotgan edim. Shu bilan muammoni uzil-kesil hal qildim.

Viza masalasida esa Ukraina elchixonasi yordam berdi. U yerdagilar Dnepropetrovskdagi Kurilovka qishlog‘iga ketayotganimni eshitgach, har qanday ko‘makka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shu bilan birga Kiyevdagi elchixonamizga ham alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular meni iliq kutib olib, yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishdi. Uzoq yo‘l yurib borgan sayohatchi uchun bunday e’tiborning ahamiyati juda katta, albatta.

YO‘L ANJOMI

Velosipedda yo‘lga chiqish mashaqqatidan yaxshi xabardor edim. Shu bois safar xaltasini kerakli anjomlar bilan to‘ldirdim. Birinchi navbatda, sayyohlar chodiri sotib oldim.

Mehmonxona hamma yerda ham uchrayvermaydi. Boz ustiga, yuradigan yo‘limda cho‘l-biyobon ham, qalin o‘rmonlar ham bor edi. Yo‘lda tunaydiganlar uchun esa chodirning o‘rni beqiyos.

Shuningdek, sayyohlarning kichkina qozonchasini sotib oldim. U foydalanish uchun juda qulay, o‘choq ham shartmas. O‘rtasidan osib, tagidan olov yoqaverasiz.

Bundan tashqari, maxsus ko‘rpa-to‘shak, xullas, sanayman desang ko‘p narsa bor. Bularning barini o‘zim bilan birga velosipedda olib ketishim kerak edi.

SAFAR

Aslida, yo‘lga ertaroq chiqib, 11 avgustda Kurilovkaga yetib borishni maqsad qilgandim. Biroq rejamni orqaroqqa surib turishga to‘g‘ri keldi.

Birinchidan, yoz juda issiq keldi va bunday vaqtda safarga chiqish ancha tavakkal bo‘lardi. Qolaversa, kutilmaganda nevaramning tobi qochib qoldi va u tuzalmagunga qadar boshqa ishlarni chetga surib turishga to‘g‘ri keldi. Nihoyat, 11 avgust kuni tong-saharda yo‘lga chiqdim.

Safarim Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlandi. Qozog‘iston chegarasiga tezda yetib borib, hayallamay o‘tib oldim. Umuman, safarim davomida 4ta davlat chegarasidan o‘tgan bo‘lsamda, birortasida ortiqcha muammoga duch kelmadim.

Bir tomondan, rus tilini yaxshi bilishim as­qotdi, boshqa tomonlama, «Paxtakor-79»ni ziyorat qilishga ketayotgan sayyohga hamma hayrixoh bo‘lishi turgan gap.

YO‘L

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:21, 29.10.2017.
O'qildi: 3508 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.