Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi va klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining starti hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi va klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining starti hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari start oldi.

2 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz sharafini 8 nafar erkaklar va 8 nafar qizlar himoya qiladi.

Musobaqada ishtirok etadigan barcha atletlarimizga omad va zafarlar tilagan holda terma jamoamining to‘liq tarkibi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Erkaklar

1. Muhammadali Qaxramonov     -62 kg.

2. Sarvar Tashtemirov                 -77 kg.

3. Sunnat O‘sarov                          -85 kg.

4. Fayzullo Nabiyev                      -85 kg.

5. Shodilbek Ergashev                  -94 kg.

6. Otaxon Imomov                        -94 kg.

7. Akbar Jo‘rayev                           -105 kg.

8. Aleksandr Li                            -105 kg.

Ayollar

1. Maxliyo Tog‘oyeva                          -48 kg.

2. Muattar Nabiyeva                        -58 kg.

3. Shaxlo Abdullayeva                      -58 kg.

4. Kumush Fayzullayeva                    -63 kg.

5. Tursunoy Jabborova                  -69 kg.

6. Manzura Mamasaliyeva                -69 kg.

7. Omadoy Otaqo‘ziyeva                     -75 kg.

8. Dolera Davronova                        -90 kg.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi oldidan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti Shahrillo Mahmudov Janubiy Koreya og‘ir atletika federasiyasi Prezidenti Von Sung-Liga milliy urf odatlarimizga ko‘ra esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Osiyo Kubogi va klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz birinchi kunning o‘zida to‘qqizta medalga sazovor bo‘lishdi. 56 kg. vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etayotgan Muhammadali Qaxramonov dast ko‘tarishda 111 kg, siltab ko‘tarishda 145 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy 256 kg. natijasi bilan bir yo‘la oltita kumush medallarini qo‘lga kiritdi.     ( 3ta kumush Osiyo Kubogida, yana 3 ta kumush klublar o‘rtasidagi qit’a chempionatida).

Xotin-qizlar o‘rtasida 48 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Maxliyo Tog‘oyeva dast ko‘tarishda birinchi urinishda 65 kg, ikkinchisida 68 kg. og‘irlikni ko‘tara oldi. Uchinchi urinishda esa 71 kg. toshga buyurtma berilgandi, afsuski bu urinish muvaffaqiyatli chiqmadi. Maxliyo siltab ko‘tarishda ham uchta imkoniyatning ikkitasidan unumli foydalandi. Natijada 84 va 87 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysindirgan hamyurtimiz 93 kg. toshni ko‘tara olmadi.

Ikkikurashda umumiy 155 kg. natija (68+87) Maxliyo Tog‘oyevaga bronza medaliga ega chiqishi uchun yetarli bo‘ldi va u terma jamoamiz hisobiga uchta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Terma jamoamiz a’zolarini muvaffaqiyatli start bilan muborakbod etamiz va ulardan navbatidagi g‘alabalar va rekordlarni kutib qolamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:58, 30.10.2017.
O'qildi: 3552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.